TUMANIMIZDA KOPONAVIPUSNING OLDINI OLIŞGA QAPATILGAN ÇOPA-TADBIPLAP KUÇAYTIPILMOQDA
Koronavirus pandemiyasi bugungi kunda butun dunyoda katta tezlikda tarqalib, yangi-yangi hududlarni qamrab olmoqda. Uşbu kasallik 2020-yilning 20-martiga qadar dunyoning 180 ta mamlakatiga kirib bordi. Afsuski, bu yuqumli xastalik mamlakatimizni ham çetlab ötmadi.
15-mart kuni Parijda sayohatda bölib qaytgan şifokorda ilk marta kasallik virusi aniqlangan bölsa, 20-martga kelib jami koronavirusga çalinganlar 33 nafarga yetdi. Kasallik yurtdoşimizda aniqlangani munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz topşiriğiga muvofiq Pespublika maxsus komissiyasi tuzilib, kasallikning keng tarqalişiga qarşi tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu borada söz ketganida 16-martdan boşlab, yurtimizda karantin holati joriy etilib, maktabgaça taʼlim, maktab, oliy taʼlim muassasalari vaqtinça yopilgani, odamlar gavjum joylarda ommaviy tadbirlar çeklangani, aholi orasida uşbu kasallikni yuqtirib olmaslik yöl-yöriqlari keng tarğib qilinayotganini aytiş örinli.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi koronavirus kirib kelişi va keng tarqalişining oldini oliş uçun tumanimizda yil boşidanoq keskin çora-tadbirlar amalga oşirila boşlangan edi. Yanvar oyidan beri xorijda bölib qaytgan fuqarolar uy karantiniga olinib, ularning kundalik holati tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik markazi xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib borildi. Mart oyi boşidan beri tumanimiz hududida va mamlakatimizning turli viloyatlariga, Toşkent şahriga qatnaydigan jamoat transportlari har tört soatda dezinfektsiya qilinayapti. Şuningdek, aholi gavjum joylarda, maktabgaça taʼlim, xalq taʼlimi muassasalarida ham dezinfektsiyalaş işlari amalga oşirildi va kasallikdan saqlaniş qoidalari yozilgan plakatlar tarqatildi.
Kasallik kirib kelganidan keyin bu çora-tadbirlar yana ham kuçaytirilib, tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlari favqulodda iş rejimiga ötkazildi. Ular kasallikni tezkor aniqlaş va aniqlangan holatda qanday yöl tutişi lozimligi böyiça öqitildi.
Şu yilning 20-mart kuni tuman Sanitariya epidemilogik osoyiştalik markazi va tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari hamkorligida kasallikning oldini olişga xizmat qiluvçi dezinfektsiyalaş işlari davom ettirildi. Şu kuni “Asl sifat” oilaviy korxonasiga qaraşli dökon, oşxona, “Pözmetov Temur” oilaviy korxonasi oşxonasi va dökoni, “Vatan” kafesi va “Xudoybergan” töyxonasi, şuningdek, tumanimizning turli hududlariga qatnaydigan avtobuslar va marşrutli taksilar dezinfektsiya qilindi. Undan taşqari, tuman hududidagi karantinda bölgan maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ham tölaqonli dezinfektsiya işlari amalga oşirildi.
Davlatimiz tomonidan pandemiyaga aylangan koronavirus kasalligi tarqalişining oldini olişga qançalik köp harakat qilinmasin, qançalik köp mablağ sarflanmasin, baribir yurtdoşlarimizning bu xavfga oqilona munosabatda bölişi, zarurat bölmaganda jamoat joylariga borişdan tiyilib, uyda bölişi va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilişi kutilgan natijaga erişişda asosiy rol öynaydi.
Yurtimiz şifokorlari özlarining jonini ayamay kasallikka qarşi kuraşga, aholini bu xavfdan talafotlarsiz olib çiqişga bel boğlab, fuqarolarimizga “Biz siz uçun işga çiqdik, siz biz uçun uyda qoling”, deya murojaat qilişmoqda.
Darvoqe, inson soğ-omon bölsa, hayotida yaxşi kunlar köp böladi. Demoqçimizki, vaqtinça töy-bazmlarni, turli tantanalarni töxtatib, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tarqalib ketişining oldi olinişiga har kim şaxsiy hissa qöşişi, vahimaga berilmasdan hamjihatlikda bu sinovni yengib ötişga harakat qilişi lozim.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶