ŞIFOKORLIK KASBINI ŞARAFLAB...
Bugungi kunda jamiyatimizda ayollarning örni tobora ortib bormoqda. Barça sohalarda özining aql-zakovati, bilimi, salohiyati bilan yuqori natijalarga erişayotgan ayollarimiz ham talaygina. Tumanimizda uzoq yillar davomida şifokorlik kasbi orqali xalqimizga xizmat qilib kelayotgan Habiba Nurimova ham ana şunday, jamiyatda öz örniga ega bölgan, faol ayollardan biridir.
U maktabda öqib yurgan kezlaridayoq öz iqtidori, intiluvçanligi bilan tengdoşlaridan ajralib turar edi. 1985-yilda 22-sonli umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli bitkazib, Örta Osiyo tibbiyot Pediatriya institutiga öqişga kirdi. Oliygohni tamomlagandan söng, 1992-yilda tuman Tibbiyot birlaşmasi bolalar bölimida navbatçi-pediatr bölib, öz iş faoliyatini boşladi. Habiba Nurimova 2003-2007-yillarda tuman Tibbiyot birlaşmasining şoşilinç tibbiy yordam bölimida pediatr, 2007-2017-yillarda “Madaniyat” QVPda umumiy amaliyot şifokori, 2017-yildan esa 1-QOPda umumiy amaliyot şifokori bölib faoliyat yuritmoqda.
Hayotiy hamda iş tajribasi yuqori bölgan Habiba opa 4 nafar farzandini oqil, Vatanga nafi tegadigan komil farzandlar qilib tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Ota-onaning töğri tarbiyasi natijasida uç nafar qizi hamda öğli oliy öquv yurtlari talabasi böliş baxtiga erişdi. Ikki nafari öqişni tamomlab, öz mutaxassisligi böyiça xalq manfaati yölida xizmat qilişmoqda.
Habiba opa köplab şogirdlar ham tarbiyalab, tibbiyot sir-asrorlarini örgatib kelmoqda. Ulardan S.Yöldoşeva, M.Abdullayeva, D.Murtazayevalar ustozlarining işonçini oqlab, tibbiyot sohasida eng namunali xodimlar sifatida faoliyat yuritişmoqda.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Habiba Nurimovani va barça ayol-qizlarni samimiy muborakbod etamiz. Mamlakatimizda u kabi hayotda öz örnini topgan, faol, taşabbuskor ayollar yanada köpaysin!
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶