ŞIFOKORLIK – FIDOYILIK DEGANI
Mamlakatimizda bugungi kunda zamonaviy tibbiyot rivoji uçun barça şaroitlar yaratilgan. Tibbiyot sohasini çinakamiga xalq dardiga darmon böladigan, yuqori samara bilan işlaydigan tizimga aylantiriş ustuvor vazifaga aylangan.
Men Toşkent Tibbiyot akademiyasida öqiş va amaliyot maşğulotlari davomida ham, şifokorlik faoliyatim davomida ham buni çuqur his qilib kelayapman. 2004-2011-yillarda Toşkent Tibbiyot akademiyasida, 2011-2014-yillarda mazkur akademiyaning magistratura bölimida tahsil oldim va otolaringolog şifokor mutaxassisligiga ega böldim.
Tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köp tarmoqli poliklinikada quloq, tomoq, burun kasalliklariga çalingan bolalar, bemorlarni qabul qilib, tekşirib, ularga davo muolajalari buyuraman, şuningdek, zarur hollarda markaziy kasalxonaning travmatologiya bölimidagi quloq, tomoq, burun kasalliklarini davolaş xonasida davolab, soğlom hayotga qaytişlariga kömaklaşaman. Markaziy kasalxonada quloq, tomoq, burun kasalliklariga aniq taşxis qöyiş va samarali davolaş, yuqori texnologiyali operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun barça şaroitlar muhayyo. Men yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bemorlar dardiga darmon bölişga intilmoqdaman.
Şifokorlik – oddiy kasb emas, balki fidoyilik degani. Çunki bemorni sinçiklab tekşirgunça, muolaja çoralarini qöllab, uni soğlom hayotga qaytargunça vaqt bilan hisoblaşmay işlaşga töğri keladi. Albatta, dard iskanjasidagi bemorning şifokor muolajasi tufayli soğayib, közlarida hayot uçqunlari porlaşi bu – şifokor uçun eng uluğ mukofot.
Xalqimiz azal-azaldan odamlarni avvalo qaynoq mehri, şirin sözi bilan davolab kelayotgan tibbiyot xodimlarini hurmat qiladi, eʼzozlaydi.
Har yili noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nişonlanişi davlatimizning bizning faoliyatimizga körsatayotgan alohida eʼtibori ramzidir. Bu bizni xalqimiz soğliğini saqlaş yölida yana ham samarali mehnat qilişga undayveradi.
Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan qizğin qutlayman, işlarida muvaffaqiyatlar tilayman!
Ğayrat TOJIBOYeV, otolaringolog-şifokor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶