Tuman prokuraturasi xodimlari faxriy hamkasbini bayram bilan tabriklaşdi
Ustoz – har bir insonning kamolotida muhim rol öynaydigan şaxs. Ular bizga bilim beriş bilan birga, hayotda töğri yöl tanlaşga ham yordam beradilar va ong-u şuurimizga maʼnaviy qadriyatlarni singdiradilar. Ustozlarning nafaqat taʼlim va tarbiya jarayonidagi, balki iş jarayonidagi örni ham nihoyatda salmoqlidir. Çunki ular amaliyotda şogirdlarga kasb va hunar sir-asrorlarini örgatişga, ularning fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişga va mustaqil fikrlovçi insonlarga aylantirişga yordam beradilar.
Mamlakatimizda 1995-yildan beri 1-oktyabr Öqituvçi va murabbiylar kuni sifatida keng nişonlanadi. Bu sanada nafaqat bizga harf yozişni va öqişni örgatgan öqituvçi va murabbiylarimiz oldidagi, balki mehnat faoliyatimiz davomida maʼlum bir kasbning sir-asrorlarini qunt bilan örgatgan ustozlarimiz oldidagi burçimiz ham yana bir bora esga olib, ularni bayram bilan qutlaymiz.
Tumanimizning möʼtabar, eʼzozli ayollaridan biri, umr böyi prokuratura sohasida maşaqqatlardan çöçimay fidoyi mehnat qilgan Gulora Bobojonovaning nomi ham ardoqli ustozlar qatorida tilga olinadi. Bayram arafasida Amudaryo tumani Prokuraturasi xodimlari tizim faxriysining xonadoniga taşrif buyurib, bayram bilan muborakbod etdilar.
1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan hamkasblarining öz xonadoniga taşrifi Gulora opaning çeksiz quvonçiga sabab böldi. Tizimda köp yillar davomida fidokorona xizmat qilib, yoş mutaxassislarni tarbiyalaş, ularning bilim va malakasini oşiriş, kasbiy könikmalarini rivojlantiriş, yoşlarni yetuk mutaxassis etib şakllantiriş hamda faoliyatni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlaş işiga salmoqli hissa qöşgani uçun Gulora Bobojonova 2022-yilda “Faxriy xodim” kökrak nişoni bilan taqdirlangan edi.
Joriy yilning yanvar oyida esa Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan uning köp yillar davomida prokuratura tizimida samarali mehnat qilgani eʼtiborga olinib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining 2024-yil 8-yanvardagi qaroriga muvofiq “Ibratli ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Fidoyi va kamtarin inson, öz sohasining yetuk bilimdoni, prokuratura organlarida uzoq yillar samarali işlagan Gulora Bobojonovaning mehnatlari eʼtirof etilişi mamlakatimizda inson omiliga eʼtiborning bir namunasi, desak adaşmagan bölamiz.
Uşbu taşrif Prokuratura organlarida ham ustoz-şogird anʼanalari davom etib, bu yerda tajribali kadrlar yoş mutaxassislarga bilim va tajriba ulaşayotganining, faxriylar mehnati qadrlanib, hayot yöli yoşlar uçun ibrat maktabi sifatida qadrlanayotganining amaliy isbotidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶