Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi oldidan
Zomin maktabi bugungi davr adabiyotiga şiddat va iştiyoq bilan kirib kelayotgan har bir yoş ijodkorga keng imkoniyatlar eşigini oçib bermoqda. Qança isteʼdodlarni yangidan kaşf etmoqda. Yildan-yilga bu maktab vakillari soni ortib, ijodiy işlari samarasi yuzaga çiqmoqda.
Talabalik yillarimda, 1999-yil avgust oyida Zomin toğlari bağridagi Öriklisoy öquv va dam oliş maskanida bölib ötgan yoş ijodkorlarning 3-anʼanaviy anjumanida qatnaşib, buning guvohi bölganman. Köpgina yetuk şoir va yozuvçilar nazarida böldik. Jumaniyoz Jabborov, Usmon Qöçqor, Umida Abduazimova, Sayyora Töyçiyeva, Şarofat Botirova, Muhammad Yusuf, Erpölat Baxt, Muzaffar Ahmad, Zebo Mirzayevalar bilan bölgan iliq suhbat va uçraşuvlar unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi yöllanmasi bilan Ajiniyoz nomidagi NDPI öqituvçisi Perdağaliy Dabilov, jurnalist Bahamdulloh Nurabullayev va men ham Zomin buloqlari, şarqiroq şarşaralarini öz közimiz bilan köriş baxtiga muyassar böldik.
Öşanda "manğitlik şoira qizim bor ekan”, deb biz turgan sektsiyaga meni izlab kelgan yozuvçi va tarjimon eldoşimiz Muzaffar Ahmadni tanimaganimdan rosa xijolat bölganman. Ayniqsa, Muhammad Yusufning: "Qoraqalpoq şoirlarini özim tahlil qilaman”, degani bizni hayajonga solgani hanuz köz oldimda.
Jildiragan soy ustiga joylaşgan supada jilğalar qöşiğini tinglab, dam olayotgan Muhammad Yusuf va Muzaffar Ahmadlar oldida tahlilda böldik. Qoraqalpoqça öqilgan şeʼrlarni ixlos bilan tinglagan Muhammad Yusuf: "qoraqalpoq şeʼriyati menga huzur bağişlaydi. Qöşiqlari esa raqsi bilan uyğun. Şeʼriyati millat ruhiyati bilan hamohang, 70-yillar yoşlari madhiga aylangan "Oydinlar” qöşiğini, keling birga xirgoyi qilamiz”, degan taklifi ruhimizni kötardi. Perdeğaliy hamda Bahamdulloh oğalar xirgoyi qilib boşlagaç, Muhammad Yusuf ham jör böla boşladi. Şoir berilib xirgoyi qilardi. Xuddi Orol oydinlarida sayr qilib yurganday, göyo özi ham qoraqalpoqning bir aziz bolasiday "Oydinlar"ga jör bölib, uning sehri bilan tebranardi. Afsuski, men bu qöşiqni bilmasdim. Buni sezgan rahmatlik şoirning:
- Siz-çi?! – degan savolini javobsiz qoldirdim. Şu paytdagi uyalganim şu darajaga borib yetdi-ki, öqişimga qaytgaç, aynan qoraqalpoqça şeʼr, qöşiq, folklor janriga jiddiy eʼtibor qarata boşladim. 2000-yillarning (2003-2004) boşlarida "Surxon” guruhi yakkaxoni Mahmud Namozov teleradio orqali bu qöşiqni yuksak ohanglarda ijro qilib çiqdi. Endilikda qoraqalpoq tiliga mehrim qattiq boğlandi. Menimça Muhammad Yusuf mening qalbimga öz yurtimga bölgan samimiyat, diqqat, hurmat, sadoqat kabi xislatlarni çuqurroq joyladi.
Zominda "köz oçgan buloqlar” - farğonalik Yonğin Mirzo, buxorolik Maqsud Asad, samarqandlik Guljamol Asqarova (Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori), Sevbora Latipova, andijonlik Nilufar Vohid, samarqandlik Gulşan Ermatova, öz XDP yetakçilaridan şoir Şuhrat Oriflarni bugungi yoşlar ovozi sifatida, ozod köngil kuyçilari sifatida tinglayapmiz.
Adabiyotimizning bugungi, ertangi kuni haqida qayğuradigan rahmatlik Muhammad Yusuf kabi jonfidolar umri uzoq bölişini tilardim.
Şarofat XOLMURODOVA,
32-sonli maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶