YoŞLARGA OID DAVLAT SIYoSATI – TARAQQIYoTIMIZ KAFOLATI
25-mart kuni tuman hokimligida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasida 2014-yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi ijrosini taşkillaştiriş masalalari böyiça tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyaning majlisi ötkazildi.
Majlisda taʼkidlanganidek, muhtaram Yurtboşimizning mazkur qarori mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta özlaştirgan har tomonlama soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkazişga qaratilgan yoşlarga oid davlat siyosatini izçil amalga oşiriş maqsadida, davlat va jamoat taşkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda qabul qilingan.
Qaror bilan tasdiqlangan 2014-yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi jami 67 band va 7 bölimdan iborat.
Tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyaning majlisida "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini işlab çiqişga takliflar kiritiş böyiça tuman işçi guruhi, Dasturning tegişli bandlari ijrosini taʼminlaşga masʼul Komissiya işçi guruhlari, "Yoşlar va qonun” tarğibot loyihasini amalga oşiriş kontseptsiyasi, yoşlar (şu jumladan voyaga yetmaganlar) orasida xuquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan tadbirlar rejasi, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olişga qaratilgan tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Şuningdek, majlisda 2014-yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan boşqa masalalar ham muhokama qilindi.
Ğ.Yeşniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶