Bahor ilhomlari
Bolam, bahor sengadir
Bolam, bahor sengadir,
Kuzni menga qöyib ber.
Oppoq qorlar sengadir,
Izğirinni menga ber.
Onang yaşaşi uçun,
Dunyoga kelding, bolam.
Yugur-yugur, çopqillab,
Ötirmoqni menga ber.
Sen soylarga suv qarat,
Meni kutmoqda adir.
Zavq olib böylaringdan,
Şeʼr aytmoq kerak axir.
Şivirlab maysalarga,
Senga soğlik tilayman.
Oylar balqqan bağringda,
Duogöying bölay men.
Bolam, bahor sengadir,
Lolazorga döst tutin.
Yetib borsin kuzgaça,
Yaproqlari bus-butun.
Xazonlardan qörqmagin,
Xazon sendan hayiqsin.
Qöriqlagin kaftingda,
Gul senga olqiş aytsin,
Qöşiq ayt, toğlarga çiq.
Ularni quç birma-bir.
Onang yaşaşi uçun,
Dunyoga kelding axir.
Guloyim Byekjonova.
11-sonli maktab öqituvçisi.
Keldi bahor
Ilitib tunu kunlarni,
Şoxlarga ilib gullarni.
Yayratib qalbu dillarni,
Keldi bahor, gulbahor.
Maysalar körsatib quloq,
Sumalakda aytilib tilak.
Orziqib kutgan yurak,
Keldi bahor, gulbahor.
Daraxtlar çiqarib kurtak,
Çumolilar örmalab hurkak.
Momolar aytişib ertak,
Keldi bahor, gulbahor.
Bulutlari yomğir keltirib,
Ariqlarni suvga töldirib,
Soğintirib ança kuttirib,
Keldi bahor, gulbahor
Bahodir JUMAMURODOV.
"Toşyop”da bahor
Yana keldi ölkamga bahor,
"Toşyop” böyi gulladi takror.
Bedazorda raqsga tuşib,
Yaşil gilam töşadi bahor.
"Toşyop” tölib oqdi, qaranglar,
Qirğoqlarin bezadi ranglar.
Navröz keldi. Sumalak pişdi,
Har lahzada qöşiq jaranglar.
Daraxtlar ham uyğonib qoldi,
Fermer bobom işga yöl oldi.
Çiviqlardan otlar yasadik,
Otçoparlar boşlanib qoldi.
Bizning "Toşyop” yölini köring,
Top-toza uy, hovlini köring.
Har bolaga bitta-bittadan,
Köçat ekkan boğimni köring.
Şahzod QÖŞJONOV,
5-sonli maktab öquvçisi.
Ustozlarimga
Topolmasman axtarib,
Sizday aziz insonni.
Sizsiz bu dunyo ğarib,
Zulmat bosar jahonni.
Sinf töla bolani,
Bolam, deb ulğaytasiz.
Ardoqlab gul-lolani,
Kelajakka eltasiz.
Omon böling ustozim,
Siz borsiz yölim yoruğ.
Ezgulikka parvozim –
Orzu yöllarim yoruğ.
Umarbek Rahimboyev,
69-maktab öquvçisi.
Bahor tongi
Kördim ajib bahor faslini,
Kördim rangin gullar aslini.
Lek körmadim bunçalar nafis,
Bahordayin gözal faslni.
Kördim, bağri qaynoq şunçalar,
Muzlagan yuraklar erib ketgudek.
Ertakka öxşaydi nega bunçalar?!
Göyo oyga qölim yetgudek,
* * *
Tong otmoqda yana,
Quyoş çiqar sekin tebranib.
Oy yuzini yaşirdi ana,
Yulduzlar ham söndi miltillab.
Birdan osmon yorişib ketdi,
Quyoş nuri olamni tutdi.
Jarangladi quşlar ovozi,
Bahor sasi bizgaça yetdi.
Maqsuda SAFARBOYeVA,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Navröz madhi
Körsatib ona zaminga çehrasin gulgun bahor,
Sanʼatin etdi namoyon har yonni qilib gulzor.
Soğingan har bir kimsaning köksiga lola taqib,
Kimgadir qöşiq kuylatib, kimga yozdirgay aşʼor.
Bu gözal gulşan içrakim, qolgay loqayd qaysi dil!?
Özlari yaratgan jannat, kim bölsa mehnatga yor.
Tumanimiz ahlini noz-neʼmatlari şod etur,
Serhosil tuproğimiz, bölsa Amu suvi bisyor.
Kirmoqda yangi hayotga möl orzu umid-la el,
Çunki Navrözimiz köklam saodati birla yor.
Bu möʼtabar elda doim har kimsa şod yaşagay,
Kimki kutsa har bahorni xalqi bilan baxtiyor.
Yaratuvçi işimizni köşsak Vatan mehriga,
Har bahorni kutarmiz şod, farovonlik barqaror.
Ahmad Nafasov.
Bobomdan meros
Bobom ötdi rahmatlik,
Onam rosa yiğladi.
Onamning köz yoşlari,
Yurak-bağrim tiğladi.
Onam bitta daftarni,
Öqir edi har kuni.
Yiğlab-yiğlab yozardi,
Onajonim könglini.
Bobom şeʼrlar yozarkan
Va buni sir tutarkan.
Içidagi borini.
Oq qoğozga tökarkan.
Bobom şeʼrin öqidim,
Yoşlarga töldi közim.
Şeʼr yozişga ixlos,
Menga bobomdan meros.
Umida Erdoşeva,
22-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi.
Şeʼr aro qöydim qadam
Zulfiya şeʼriyati,
Gözal maʼnaviyati.
Fikrimni tortdi mening,
Havasim ortdi mening,
Ulğayib bir qiz bölay,
Qoşlari qunduz bölay.
Orzulari elga manzur,
Sözi dur yulduz bölay.
Qalbda havas uyğotgan,
Şeʼrga ixlos uyğotgan.
Onajonim şoiram,
Şeʼr aro qöydim qadam!
Surayyo RAJABOVA,
44-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶