MAKTABIMIZNING UMIDLI YoŞLARI
Yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida taşkil qilinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari tumanimiz maktablarida uyuşqoqlik bilan ötkazildi. Xolimbeg OFY hududidagi Çagali yop mahallasida joylaşgan 73-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham uşbu musobaqada isteʼdodli öquvçilar iştirok etişdi.
Musobaqaning maktab bosqiçi ğoliblari hududiy bosqiçda ham muvaffaqiyatli iştirok qildilar. Şuningdek, Dörman ovulida bölib ötgan hududiy bosqiçda sovrinli örinlarni egallagan 5-, 6-, 8- va 10-sinflar öquvçilari musobaqaning tuman bosqiçida ham sovrinli örinlarni egalladilar. Maktabning 8-sinf öquvçilaridan Javohir Tohirboyev 800 metrga yuguriş musobaqasida 1-örinni, 8-sinf öquvçisi Qahramon Odilov 200 metrga yuguriş masofasida 1-örinni, Nodirbek Örozboyev esa 100 metrga yuguriş masofasida sovrinli 2-örinni egallaşdi. Qiz bolalar örtasida 200 metrga yuguriş musobaqasida 6-sinf öquvçisi Nozima Pölatova sovrinli 2-örinni va 5-sinf öquvçisi Adham Örozboyev 2-örinni egalladi. Şuningdek, 10-sinf öquvçisi Sabohat Matyokubova 200 metrga yuguriş musobaqasida sovrinli 3-örinni egalladi va maktabimiz yoş sportçilari umumjamoa hisobida tumanda 3-öringa sazovor bölişdi.
Sportsevar yoşlarimiz oçiq sport maydonçasida sport maşğulotlari bilan şuğullanadilar. Bizning 73-sonli maktabimiz sport zali va sport anjomlari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan bölsa ham bu öquvçilarning maşğulotlarga bölgan qiziqişlarini aslo söndirayotgani yöq. Öquvçilarimiz zamonaviy sport zali bölişini orzu qilib ulğayişmoqda. Yoşlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ular orasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş uçun biz pedagoglar bor kuç-ğayratimizni safarbar etişga har doim kamarbastamiz.
Biz işonamizki, kelajakda, albatta, xolimbeglik yoşlar orasidan ham ona Vatan işonçiga sazovor, kuçli, bilimdon va zabardast yoşlar yetişib çiqadi.
Sardor Şerimmatov, 73-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶