NAVRÖZ ÇORLOVI
Yomğir yoğib ötgan boğlarda, qarang,
Kurtaklar marjonday tizilib qoldi.
Amu qirğoqlari ajib maysarang,
Yerning uyğongani sezilib qoldi.
Yomğirdan suv içgan maysalar xurram,
Lahzalar qadridan sözlayotir - çin.
Sabolar bazmidan rang olgan ayyom -
Navröz oğuşida uyğondi Oçun!
Azizim, kördingmi, sevinçdan porlab,
Etagin töldirib kök terdi bola.
Tumşuğida loyni tutgança yo Rab,
Qaldirğoç in qurdi şu bugun! Tongda!
Daryo tölqinlari dillarga köçdi,
Davralar kengligin qara, ajoyib!
Samoda quşlar ham juftlaşib uçdi,
Çamanlar işqida qanotin yoyib!
Moziy ertaklari aytildi bir-bir,
Kuy çaldi muğanniy ertakdagiday...
Sen ham davraga kel. Kelsang-çi axir,
Gullaşga oşiqqan gul kurtagiday!
Ana! Sumalakning çorlovi keldi,
Alyorlar yangradi qadim Turonda.
Arşi aʼlolardan xuş havo keldi,
Bahorlar boşlandi Özbekistonda!
Robiya.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶