Yurtimizda Navröz nafasi
Navröz... Bahor faslining eng uluğ va eng nufuzli tantanasi, mingyilliklar oşa, asrlar oşa yaşab kelayotgan milliy, anʼanaviy ayyom!
Bu bayram xalqimizning yuragidan joy olgan bölib, tökin-soçinlikdan, farovonlikdan darak olib keladi. Donişmand bobolarimizning, nuroniy momolarimizning asrlar oşa yaşab kelayotgan naqllaridan biri: "yaxşi odam közidan, yangi yil Navrözidan bilinadi”, degani ham şundan.
Darhaqiqat, bu yilgi Navröz yurtimizga har yilgidan ham haroratliroq porlab turgan qöyoşi-yu, nazm va navo şukuhi ufurib turgan milliy anʼanalar tarovati bilan fayzli. Yoşlarimiz Navrözday yaşnab-yaşarib, yaratiş işqi bilan yaşamoqda. Mustaqillikdan keyin davlatimizning va Yurtboşimizning yoşlarga qaratayotgan eʼtiborlari va körsatayotgan ğamxörliklari tufayli yurtimizda qançadan-qança kollej va akademik litseylar, maktablar, sport saroylari hamda maktabdan taşqari taʼlim muassasalari, şuningdek "Barkamol avlod” bolalar markazlari qayta taʼmirlanib va takomillaştirilib, bu maskanlarda yuksak maʼnaviy va milliy-tarbiyaviy ruhda faoliyat yuritilmoqda.
Tumanimizdagi "Barkamol avlod” bolalar markazida tahsil olib, kasb-hunar örganayotgan yoşlarimiz bu yilgi Navröz bayramini özgaça ruhda qutib olmoqdalar. Ayniqsa, "Yumşoq öyinçoqlar”, "Yoş rassomlar”, "Boşlanğiç texnik modellaştiriş” hamda "Yoş jurnalist va notiq” tögaraklarining aʼzolari özlarining qöl mehnatlari ila işlagan öyinçoqlari, quşlari, havo şarlari va ijodiy şeʼrlari bilan çiqsalar, "Folklor” tögaragi aʼzolari raqslari bilan bayramga fayz kiritadilar.
Xalqimiz azaldan yangi yilning omadli va saxovatli bölişi Navrözning qanday kelişiga, uning qanday kutib olinişiga boğliq, deb bejiz aytmaydilar. Fasllar kelinçagi Bahoroyning yurtimizga haroratli kirib kelişi, yoşlarimizning qalbiga iliqlik, ezgulik, ijodiy jöşqinlik bağişladi. Yurtimizning har bir göşasida ana şunday toza va ezgu niyatlar bilan Navrözga peşvoz çiqqan hamyurtlarimiz, farzandlarimiz bayram sayllarini davom ettirmoqda.
Zulfiya OLLAYoROVA,
"Barkamol avlod” bolalar markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶