Eng qadimiy, asl milliy bayram
Ona zamin uzra quyoşning zarrin nurlari ölkamizga va qalbimizga iliqlik baxş etib, yurtimizga Navröz taşrif buyurmoqda. Bu bayram barçamiz uçun şarqona yangi yil deboçasi, maʼnaviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va möʼtabardir.
Bir neça ming yillardan beri nişonlanib kelinayotgan uşbu bayramda mehr-muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi insoniy tuyğular, inson va tabiat örtasidagi uyğunlik, dehqonçilik mavsumining boşlanişi öz ifodasini topgan. Şuning uçun ham asrlar oşa bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida yaşab kelmoqda. Zero, Prezidentimizning «Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuç» asarida qayd etilganidek, «Navröz bayrami biz uçun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va çeksiz saxovatining, köp ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir».
Xalqimizning sevimli bayramlaridan biri bölgan Navröz nafaqat tabiat, balki inson qalbining ham uyğoniş, yangilaniş faslidir. Şu sababli «Obodlik köngildan boşlanadi», degan hikmatli ibora bugun xalqimiz hayotining, bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarining muhim mezoniga aylandi. Navröz nafasi sezilişi bilan joylarda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, ekin-tikin işlari avjiga çiqmoqda. Hovli, köça va xiyobonlarni saranjom-sarişta qiliş, köçat ötqaziş kabi xayrli işlar amalga oşirilmoqda. Sanoqli kunlardan keyin bobodehqonlarimiz yaxşi niyatlar bilan yerga uruğ qadab, el rizqi möl bölişini tilab, duolar qilişadi. Bularning bari ming yillardan beri takrorlanib kelayotgan, xalqimizning maʼnaviyatiga singib ketgan azaliy va abadiy udumlardir. Zero, bahor kirib, Navrözi olam taşrif buyurgaç, tabiat gullaşga oşiqqani kabi odamzot ham yaşaşga, yaşnatişga intiladi.
Yaqindagina xalqimizning eng ezgu maʼnaviy merosi – Navröz bilan boğliq mehnat bayrami – umumxalq haşari ötkazildi. Fidoyi va mehnatkaş xalqimizni yanada jipslaştirib, özaro döstlik, birodarlik, millatlararo totuvlik tamoyillariga munosib ravişda mehr-oqibat timsoliga aylangan uşbu umumxalq haşaridan söng nafaqat köngillar, balki har bir qariç yer obod böldi. Mahalla guzarlari, köça va boğ-roğlar mehnat bayrami şavqidan yaşnab ketdi. Navröz bayramining eng eʼzozli udumlaridan biri bölgan umumxalq xayriya haşaridan tuşadigan mablağ esa butun mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvçisini yöqotgan oilalar, nogironlar uçun moddiy farovonlik yaratiş imkonini beradi. Bu – özaro mehr-oqibatning, muruvvatning timsoli. Bu – xalqning eng ezgu orzu-umidlarini özida mujassam etgan betakror mazmun, betakror mohiyat!
Hayotimizni bezab turgan Navröz bilan boğliq eng gözal mohiyat – yerga uruğ qadaş marosimi! Navröz kirişi bilan bundan neça ming yillar avval ham ota-bobolarimiz "Qöş çiqariş”, "Qöş haydaş”, "Uruğ soçiş” kabi dehqonçilik işi bilan boğliq marosimlarni ötkazganlar. Endilikda, zamonlar ötişi bilan bu marosimlar çigit ekiş, dehqonçilik fasli kabi mehnat bayramlariga aylandi. Bu marosimlarning barçasi Navrözi olamdan boşlanuvçi xalqimizni rizq-röz, qut-baraka tomon eltuvçi yöllardir.
Tumanimizning har bir ovulida, mahallasida, har bitta xonadonida allaqaçon Navröz tantanalari boşlanib ketdi. Köngillarni quçgan ezgu tilaklar bilan ota öz farzandlari, farzandlar esa özlari uçun boğ yaratmoqqa kirişdilar. Bu ajib tadorik dillarimizga xuşnudlik va xotirjamlik baxş etadi. Har birimizning öz boğimiz, öz daraxtimiz, öz gulzorimiz barq urib gullaydi. Bunday gullamoq hayotimizga fayz, turmuşimizga obodlik boşlab keladi. Qutluğ Amu zaminini yaşnatgan boğlar ertangi kunga – kelajakka ajib tarovat baxş etadi.
Bu galgi Navrözni "Soğlom bola yili”da qarşi olamiz. Bunda ham özgaça maʼno mujassam. Negaki, Navröz "Yangi kun” degan maʼnoni bildirsa, soğlom farzandlar ertangi kunimiz egalari, oilaning bebaho baxti va yurtimiz kelajagidir.
Aziz yurtdoşlar! Uluğ va bebaho maʼnaviy qadriyatlarimiz gultoji – Navrözi olam barçangizga qutluğ bölsin! Har biringizning xonadoningizga Navrözga monand gözalliklar, nafosat, baxtiyorlik va şodlik taşrif buyursin!
Navrözi olam muborak, azizlar!
Rajabboy YÖLDOŞEV,
tuman hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶