QIŞ ÇILLASIDA HAM BUĞDOYZORLAR YaM-YaŞIL
Dehqonning iş vaqti qaçon boşlanib, qaçon tugaşini faqat uning özi biladi. Tong bilan şom oraliğida tinim bilmay işlagan dehqon baʼzan oqşom paytlari ham dala kezadi. Ayniqsa, bahorgi ekiş paytida, hatto butun yoz böyi asosiy vaqti bepoyon ekinzorlarda keçadigan dehqonning orom oladigan damlari juda kam. Kuzda hosili yiğib olingan dalalarda kuzgi-qişgi yumuşlar boşlanadi. Yerlar şudgorlanadi, unib çiqqan buğdoy nihollari parvariş qilinadi. Şuning uçun ham bobodehqonlarimiz qiş fasli – iş fasli, deb bejiz aytişmagan. Ularning mana şunday tinimsiz mehnatlari orqasidan xirmonlarda möl-köl hosil töplanadi.
Yerning tilini, tabiatini bilgan dehqonga bizning tumanimiz iqlim şaroitida ham buğdoydan yuqori hosil oliş imkoniyati bor. Buning birdan-bir omili – yerga eʼtibor va maysalarni mehr bilan parvariş qilişdir.
Ötgan 2019-yilda tumanda ğalla yetiştiriş böyiça yaxşi natijalarga erişildi. Ğallakorlarimiz davlatimiz xirmoniga 9749 tonnadan ziyod don topşirib, bu boradagi şartnomaviy rejalarini Qoraqalpoğistonda birinçilardan bölib, ortiği bilan bajarişga erişdilar. Ğalla yetiştirişdan olingan jami daromad 12 mlrd. 248 mln. sömdan oşdi.
Qipçoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xöjaligi rahbari Anvar Haytimbetovni ham ayni kunda izlasangiz, daladan topasiz. Kelayotgan yangi dehqonçilik yiliga taraddudni keç kuzdayoq boşlab yuborişga odatlangan Anvar Haytimbetov öz fermer xöjaligi tasarrufidagi yerlarning tabiatiga monand iş yuritadi. Qaysi dalaga qanday işlov beriş kerak, qay birida almaşlab ekişni yölga qöyiş zarur? Barining hisob-kitobini puxta qilgaç, kuzgi-qişgi tadbirlarni boşlaydi.
Ötgan dehqonçilik yili Anvar Haytimbetov rahbarligidagi fermer xöjaligi uçun barakali böldi. 52 gektar paxta maydonidan 140 tonnalik hosil olişib, şartnomaviy rejalarini oşirib ado etişdi.
Köpçilik fermer xöjaliklari rahbarlari buğdoy yetiştiriş bizning iqlim şaroitimizga töğri kelavermaydi, deb bahona qilişadi. Anvar Haytimbetovning esa bu borada fikri tamoman boşqa.
“Haytimbetov Sulton” fermer xöjaligi ğallakorlarining 2019-yilda xirmonlari donga töldi. 17 gektar yerning har gektaridan 70 tsentnerdan hosil olişdi. Yetiştirilgan hosilning 51 tonnasi davlat xazinasiga topşirildi. Fermer xöjaligi ixtiyorida qolgan 40 tonnadan ziyod ğallaning 10 tonnasi xöjalik işçilariga taqsimlab berildi. Ğalladan, paxta yetiştirişdan möl-köl daromad olgan xöjalik işçilarining kayfiyati baland.
Ayni kunlarda fermer xöjaligi işçilari 2019-yilning kuzida ekilgan 17 gektarlik buğdoyzorlar parvarişini agrotexnika qoidalari asosida olib borişmoqda. Kuzgi buğdoy ekişda har gektar hisobiga 250 kilogrammdan fosforli öğit berilib, unib çiqqan buğdoy maysalalari gektariga 200 kilogrammdan karbamid organik öğiti bilan oziqlantirilgani uçun buğdoy maysalari ayni qiş çillasida ham yam-yaşil tusga kirgan.
Xöjalik işçilari Hamdam Hayitboyev, Omon Yendirboyev, Ikrom Boboniyozov, Yöldoş Yoqubovlar, mexanizatorlar Fayzulla Şomurodov va Olim Iskandarovlar dalalar boşiga mahalliy öğit çiqariş, kompost tayyorlaş kabi işlarda fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar. Şu kungaça xöjalik işçilari 100 tonnaga yaqin mahalliy öğit jamğarib qöyişdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶