Tejamli tuzilar, deyişgani bejiz emas
Bu voqeaga bir oyça böldi. Qarindoşlarimni körgani Urgançga otlangandim. Şoşib, ertaroq çiqib qöyibmanmi, avtobusga yölovçilarning tölişini kutib, ança ötirib qoldim. Menga yondoş örindiqqa 18-20 yoşlar atrofidagi ikki qiz kelib ötirdi-da bijirlaşib suhbatga tuşib ketişdi.
- Çevarga nima qilsang ham köylagimni tuzatib berasan yo matoning pulini tölaysan, dedim.
- Köylagingni olmay ketib, yaxşi qilibsan. Axir bir yarim metrdan bir köylakni yaxşilab tikib berolmagandan söng nimayam deysan. Mana, mening şu köylagim bir yigirmadan çiqqan.
- Özi könglim tortmagandi, yaxşi tikadi, deyişganiga... Özi biz tengi qiz ekan, tsex oçib ötirganini ayt.
- Neça yoşdasizlar, qizlarim? - dedim ularga.
- Yigirma birdamiz, - deyişdi qizlar suhbatiga qöşilganimga oğrinib.
- 21 yoşda bölsanglar ham köylak tikişni bilmaysizlarmi? Uzatadigan yoşga yetibsizlar-u köylaklaringni birovga tikdirasizlarmi?, - dedim kulib.
- Hamma şunday qiladi, momo, - deyişdi qizlar.
- Hozir afsuski şunday, - gapimizga qöşildi örta yaşar kişi. – Qizlar-ku qizlar, yigitlar ham hunarga qiziqmay qöyişgan. Keça qöşnimning ikki bolaning otasi bölgan öğli "derazamning oynasini qöyib berolmaysizmi? Yozda salqin bölsin, deb olib qöygandim, endi joyiga qöyaolmayapman”, deydi menga. Özi yilning yarmida turli şaharlarda mardikorlikda yuradi. Şuniyam eplolmasang, sen qanday ustasan, deb kuldim.
- Men suvoqçiman-da, - deydi uyalmay. Suvoqçi oyna qöyişni örganmasin, deb kim aytibdi. Odam qiziqişi kerak. Erkak kişi oilasiga asqotguday hamma işni bilişi kerak. Hozir ikki-uç soatlik işim bor edi, deb usta qidirib yuradiganlar ham köp. Şu işga özi urinsa-ku uddasidan çiqib ketadi. Qunt qilsa, birovning qölidan kelgan iş hammaning ham qölidan keladi.
- Ana, eşitdinglarmi, - dedim qizlarga. Sizlar ham köylak tikişni özlaringiz örganganingizda birovga yalinib yurmasdingiz. Çevarga degan puli yoniga qolardi onangizning.
Men hozir 68 yoşdaman. Baʼzilarga öxşab "hozirgi yoşlar” deb kamsitmoqçi emasman-u lekin aslida ham hozirgi yoşlarning köpçiligi epsiz bölib voyaga yetayotgani bor gap. Kiyim tikdirişga, yuvdirişga, soç böyatişga, turmaklatişga, hatto biron töy-bazmga bormoqçi bölgan qiziga qoş-kiprigini böyatişga ham pul beradi ota-ona beçora. Öğildir, qizdir boradigan manzili 200-300 metrdan oşsa, turgan gap, taksiga çiqadi. Bular bari birgina mening emas, hammamizning köz öngimizdagi bölayotgan voqealar.
Beixtiyor öylab qolasan: mehnatning qadriga, mehnat qilib topilgan pulning qadriga qaçon yetişadi ular? Bular borib turgan tarbiyasizlik emasmi?
Men esimni taniganimdan to nafaqaga çiqqunimça dalada işladim. U paytlarda paxtaning mehnati oğir, tong otganidan kun botguniça dalada bölardim. Ikki-uç soat tuşlikka kelib rözğorimizning ança işini qilib ketardik. Qolganini keçasi bajarardik. Köylak tikişgina emas, hatto quroq körpaça, yostiqlar ham tikardik, daströmollar töqirdik. Avvallari qiz uzatib borganda kelinning tikkan kaştalari köz-köz qilinardi. Kaştasi çiroyli kelin rosa maqtalardi. Hozir esa... Bular-ku qizlar haqidagi fikrlarim. Hatto bir mixni eplab qoqolmaydigan, tuflisining tagi oçilsa, yelimlay olmaydigan yigitlar ham köp.
Mening bu sözlarimni öqiganlar epsiz odam ham rizqi bilan yaralgandir, sizga ne qayğurib, der ehtimol? Töğri, lekin mehnat qilmagan öğil-qiz pulning qanday topilişini bilmaydi, sarflaganiga joni açimaydi, ota-ona mehnatini qadrlamaydi. Şuning uçun ham modadan qolgan köylakni tözmasa-da kiyişmaydi. Dasturxonda ortgan, bölak, qotgan nonni bemalol taşlayverişadi. Qotgan nondan ozgina şakar aralaştirib talqon qiliş yo nonqovurdoq pişiriş mumkin. Polizimizdagi pomidor, bulğor qalampiri, piyoz, sabzi qöşib nonqovurdoqni pişirib, kökatlar sepib, dasturxonga torting-çi, qaysi taomdan qolişarkan? Agar kelinlarimiz, qizlarimiz şunday qilsa, ham lazzatli taom pişirib uydagilarini xursand qiladi, ham qotgan nonning uvol bölişining oldini oladi.
Tejamli oilada baraka böladi, deyişadi. Tejamli tuzilar, deyişgani ham bejizga emas.
Bir kuni birga öynab ösgan dugonamnikiga mehmonga bordim.
- Tur, örningdan, - dedi dugonam körpaça solişga çoğlanib.
- Qöyaver, ötirib böldim, mana hammayoğing körpaça-ku, - dedim endigina ötirgan joyimdan qözğalişga oğrinib.
- Bunisi boşqaça, - kuldi dugonam.
Beixtiyor qölidagi körpaçaga qaradim. Qaradim-u...
Bundan yigirma yilça oldin, istiqlolning ilk yillari, tirikçilik oğir damlar edi. Bir köylaklik mato olay desam heç rözğordan orttirolmay yurgandim. Bir kuni dugonam kelib, tuğilgan kuning esimga tuşib ketdi, özimgayam, sengayam tikdim deb qölimga yangi köylak tutqazdi. Aynan şunaqasini özi kiyib kelibdi.
Dugonamning menga töşamoqçi bölib turgan körpaçasi öşa köylakdan edi.
- Yelkasi sal oqarsa-da etagi butun ekan. Yaqinda bir sandiq titganimda körib qoldim-da uvol bölib yotmasin deb körpaça qildim, - deya kuldi dugonam.
Menimça dugonamga öxşagan haqiqiy tejamkor, uvoldan qörqadigan onaxonlar, isrofgarçilikning oqibatini aytguday otaxonlarimiz köp. Faqat ular bilganini qilişsin, qabilida iş tutmay, yoşlarga eʼtiborliroq bölişsa, kamçiligini vaqtida aytib turişsa, tuşuntirişsa, foydasi tegadi, albatta.
Roziya momo,
"Tölqin” ovuli.
(Foto - http://www.12news.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶