14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:11
Siyosat 👁 441

Saylov uchastkasiga kela olmaydigan fuqarolar xonadonlarida koʻchma saylov qutilaridan foydalanib ovoz berdilar

Saylov uchastkasiga kela olmaydigan fuqarolar xonadonlarida koʻchma saylov qutilaridan foydalanib ovoz berdilar

Bugun mamlakatimizda katta siyosiy jarayon – vakillik organlariga saĭlovlar oʻtkazilmoqda. Koʻtarinki ruh bilan oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun saylov uchastkalariga tashrif buyurayotgan har bir fuqaro oʻzi maʼqul bilgan nomzodga ovoz bermoqda.

Saylov arafasida Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida, ochiq, demokratik tamoyillar, xalqaro printsiplarga rioya qilgan holda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiya oʻrtasidagi sogʻlom raqobat asosida qizgʻin tayyorgarlik koʻrildi.

Bu yilgi saylov kampaniyasida yana muhim bir jihatga, yaʼni imkoniyati cheklangan fuqarolarning siyosiy tadbirda faol ishtirok etishiga shart-sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. Imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishda qatnashishi uchun saylov uchastkalari alohida jihozlandi. Nogironlarning aravachalar bilan bemalol binoga kirishi uchun alohida yoʻlaklar tashkil etildi. Bundan tashqari, kabinalarning biri nogironlarning yashirin ovoz berishi uchun moʻljallandi. Shuningdek, koʻzi ojiz fuqarolarga ular uchun moʻljallangan Brayl alifbosidagi saylov byulletenlari tayyorlandi. Bularning barchasi imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi ekanini inobatga olgan holda amalga oshirildi.

Keksalar, yotoq sharoitidagi bemorlar uchun har bir saylov uchastkasiga 1 tadan, tuman boʻyicha 58 ta koʻchma saylov qutilari tashkil etildi. Siyosiy partiyalarning saylovoldi kampaniyasi bilan bogʻliq targʻibot materiallarini ularga ham yetkazib berish alohida nazoratga olindi. Shuningdek, saylov jarayonidan aholining xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida “Men shaxsan oʻzim ovoz beraman”, “Bizning oilamizda har birimiz oʻz ovozimizga egamiz”, “Mening ovozim – Vatan kelajagiga daxldor”, “Biz tanlash huquqiga egamiz” mavzularida targʻibot tadbirlari oʻtkazib borildi.

Bugungi saylovda qonunga koʻra salomatligi yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmaydigan ayrim saylovchilarning yashash joylariga borib ovoz berishni amalga oshirish koʻzda tutilganligi sababli 86-saylov uchastkasida ham koʻchma saylov qutilaridan foydalanildi. Uchastka saylov komissiyasining 2 nafar aʼzosi roʻyxatga kiritilgan 25 nafar fuqaroning xonadonlariga koʻchma saylov qutisi bilan tashrif buyurdilar. Keksaligi, nogironligi va bemorligi tufayli uyidan chiqa olmaydigan fuqarolar bu tashrifdan nihoyatda mamnun boʻldilar.

Olmazor mahallasidagi Firdavsiy nomli koʻchada yashovchi 1-guruh nogironi Shamsiddin Sharipov hamda mahallaning eng keksa fuqarosi 92 yoshga kirgan Jumagul momo Jumaniyozovalar ham saylovda qatnashishlariga imkoniyat yaratgan saylov komissiyasi aʼzolarining fidoyiligidan va barcha qatori saylov imkoniyatidan foydalanayotganliklaridan juda xursand boʻldilar.

Shuningdek, 126-saylov uchastkasida tumanimizning eng keksa fuqarosi 102 yoshli Xadicha momo Bekanova ham koʻchma saylov qutisidan foydalanib ovoz berdi. Ularning barchasi mamlakatimiz hayotida muhim boʻlgan ushbu saylov jarayonida oʻzlarining eʼtibordan chetda emasligini his qildilar.

Vatandoshlarimiz ertangi kunimiz, yurt taqdiri, istiqboli va taraqqiyotiga befarq emas. Xalqimizning bilim-salohiyati, aql-idroki, huquqiy ongi hamda saviyasi yanada yuksalgan. Toʻla demokratik ruhda oʻtkazilayotgan bugungi saylovda har bir fuqaro oʻzi munosib deb bilgan, turmush sharoitimiz bilan tanish, el dardi bilan yashaydigan, xalqqa qayishadigan nomzodlarga ovoz bermoqda.

O.Xudoyberganova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019