SAYLOVLAR ŞAFFOF TARZDA ÖTKAZILMOQDA, 72 NAFAR KUZATUVÇI JARAYoNNI KUZATIB BORMOQDA
2019-yil 22-dekabr tongini yurtdoşlarimiz özgaça, kötarinki ruhda kutib oldilar. Saylov huquqiga ega bölgan hamyurtlarimiz ertalabdanoq ezgu niyatlar bilan özlari yaşayotgan hududdagi saylov uçastkalariga yöl olmoqdalar.
Aytiş joizki, saylov uçastkalarida saylovçilarning emin-erkin öz xohiş-irodasini ifoda etişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Közi ojiz, nogironlik aravaçalarida harakatlanuvçi saylovçilar uçun ham teng şaroitlar hozirlangan.
Yangi saylov Kodeksiga muvofiq bugungi saylovda siyosiy partiyalarning, xalqaro taşkilotlarning kuzatuvçilaridan taşqari fuqarolarning özini özi boşqariş organi vakillari ham kuzatuvçi sifatida iştirok etmoqdalar.
Tumanimiz böyiça saylov jarayonlarida saylovda iştirok etiş huquqini qölga kiritgan siyosiy partiyalarning, özini özi boşqariş organlarining 72 nafar kuzatuvçilari iştirok etişmoqda. Ular şu kungaça saylov komissiyalarining yiğilişlarida, şuningdek, nomzod körsatişga, nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuviga bağişlangan yiğilişlarida qatnaşib, saylov uçastkalarida saylovga tayyorgarlikning borişini kuzatib borgan bölsalar, aynan bugun saylovning şaffof, haqqoniy ötişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirmoqdalar. 86-sonli saylov uçastkasida saylov jarayonida Murodboy Primov Olmazor mahalla fuqarolar yiğini vakili sifatida kuzatuvçi sifatida iştirok etmoqda.
– Eng munosib nomzodlarning ovoz olişidan mahalla juda manfaatdor. Çunki kelgusida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişlar köp jihatdan saylangan deputatlarga ham boğliq, – deydi u.
Uçastkada saylov jarayonini kuzatgan kişi fuqarolarning saylovda iştirok etiş huquqidan foydalanib, munosib nomzodlarini faollik bilan qöllab-quvvatlayotganiga guvoh böladi.
– Bugun mening hayotimda öçmas iz qoldirgan kun böldi. Çunki men ilk bor saylovda qatnaşiş imkoniga ega böldim. Şu kungaça qonunçiligimizdagi saylovçi huquqlariga doir maʼlumotlar bilan, hududimizdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga körsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanişib çiqdim. Şuning uçun bugun heç ikkilanmay özim munosib deb bilgan nomzodimni qöllab, ovoz berdim, – deydi Olmazor mahallasida istiqomat qiluvçi, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Sevara Ismoilova.
U talabalar saylovda iştirok etişlariga imkoniyat yaratiş maqsadida mamlakatimizdagi barça Oliy taʼlim muassasalarida qişki taʼtil 20-dekabrdan boşlanganidan ham xursand.
26-sonli maktabda joylaşgan 128-saylov uçastkasida bugun 2056 nafar saylovçilar ovoz beradi. Ularning 9 nafari maʼlum sabablarga köra 22-dekabr kuni öz hududlarida böla olmasliklari tufayli muddatidan oldin ovoz berişgan.
Saylov uçastkasida bölgan kişi hudud aholisining ertalabdan öz fuqarolik burçini ado etiş uçun kelayotganining guvohi böladi.
Yolğoş ota Yöldoşev keksaydim demay, el xizmatida, köçaboşçi. U bugun mazkur saylov uçastkasida Bosu mahalla fuqarolar yiğini vakili sifatida kuzatuvçilikdek masʼuliyatli vazifani ado etayapti.
– Saylovoldi tarğibot yaxşi olib borilgani tufayli saylovçilar faol, jarayonda qonun buziliş holatlariga yöl qöyilmayapti, – deydi otaxon xursandçilik bilan.
26-sonli maktab öqituvçisi Ğayrat Şukurlayev esa Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasidan uşbu uçastkaga kuzatuvçi qilib biriktirilgan.
– Saylovçilar saylovga doir qonunçilik bilan batafsil taniştirilgan. Şuning uçun ham hamma faollik bilan öz nomzodlariga ovoz berayapti. Öz vakolatimdan foydalanib, jarayonni boşidan oxirigaça kuzataman. Saylov şaffof va haqqoniy ötayotganidan xursandman, – deydi u.
Hudud keksalaridan biri Karimboy Otabullayev mahalladoşlari bilan yurt kelajagiga jon kuydiradigan nomzodlarga ovoz berişni öz burçi deb bilib, ertalabdanoq saylov uçastkasiga kelib, boşqalarga namuna böldi.
Mahalla yoşlarining vakili Sardor Xalillayev esa ilk bor saylovda iştirok etib ovoz beriş huquqiga ega bölganidan xursand.
Xullas, mamlakatimizning heç bir fuqarosi bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonga befarq bölmagan holda saylovlarda faollik bilan iştirok etmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶