Amudaryolik polvon "Hosil bayrami"da Cobalt yutib oldi
Qoraqalpoğistonda qişloq xöjaligi xodimlari kuni va “Hosil bayrami” keng miqyosda ötkazildi. Soha fidoyilari, bobodehqonlar va mehnatkaş xalq uşbu şodiyonani katta xursandçilik bilan nişonladi.
8-dekabr kuni Nukus şahridagi “Otçopar maydoni”da xalq sayli sifatida taşkil etilgan hosil bayramida dehqon va fermerlar, çorvadorlar, boğbonlar, qişloq xöjaligi korxonalari vakillari va respublika aholisi iştirok etdi. Maydonda qoraqalpoq xalqining öziga xos milliy qadriyatlari hisoblangan “Qora uy”lar tikilib, qişloq xöjaligi mahsulotlaridan körgazma namoyiş qilindi. Sayil milliy xalq öyinlaridan – arqon tortişiş, qöçqor uriştiriş, köpkari-uloq, ot çopiş musobaqalari, folklor jamoalarining çiqişlari bilan davom ettirildi.
Bayram tomoşalari qatorida polvonlar bellaşuvi ham taşkil qilindi. Bellaşuvda boş sovrin uçun Prezident sovğasi sifatida – “Cobalt” avtomobili qöyildi.
Qizğin keçgan musobaqalar davomida barça raqiblarini yengib çiqqan amudaryolik polvon Elyor Maşaripov va şumanaylik polvon Miyirbek Abduxaliqovlar uşbu sovrin uçun özaro kuç sinaşdilar. Mahoratli polvon Elyor Maşaripov bellaşuvda öziga munosib bölgan raqibini yengişga muvaffaq böldi hamda boş sovrin “Cobalt” avtomobilini qölga kiritdi.
Prezident sovğasini qölga kiritgan amudaryolik Elyor polvon Maşaripov olqişlarga sazovor böldi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶