16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:48
Sport 👁 723

MAKTABDAGI SPOPT MUSOBAQALAPI – NUFUZLI BELLAShUVLAP SAPI YOʻL OChADI

MAKTABDAGI SPOPT MUSOBAQALAPI – NUFUZLI BELLAShUVLAP SAPI YOʻL OChADI

Tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning amaliy ijrosiga qaratilgan madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlarini tashqil qilish va oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bu borada maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchi Soliy Yoʻldoshev  tomonidan olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Sportning olimpiya turlari boʻyicha tez-tez oʻtkazilib turiladigan sinflararo va maktab miqyosidagi musobaqalarda bolalar nafaqat oʻzlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishadi, balki iqtidorlarini namoyon etib, qaysi sport turiga koʻproq layoqatli ekanliklarini ham amalda koʻrsatadilar.

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi sifatida Soliy aka Yoʻldoshev dars-rejasidan tashqari, oʻquvchi-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida qoʻshimcha mashgʻulotlar va musobaqalar ham tashkil etishga alohida eʼtibor qaratadi. Xususan, 2019-yilning sentyabr oyida 7- va 8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan futbol boʻyicha musobaqalarda 8asinf sportchilari birinchi, 8vsinf esa ikkinchi, 7vsinf yosh futbolchilari uchinchi oʻrinni egallashdi. Oktyabr oyida esa sinflararo qiz bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan basketbol boʻyicha musobaqalar yanada qiziqarli boʻldi. Mazkur musobaqalarda 8vsinf basketbolchilar jamoasi 1-oʻrinni, 7asinf jamoasi 2-oʻrinni, 6a va 7vsinflar jamoalari 3-oʻrinni egalladilar.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, maktabning 6-sinf oʻquvchisi Sevinch Soliyeva suv sporti boʻyicha Beruniy shahrida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Pespublikasining hududiy bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallab, oʻzining ushbu yoʻnalish boʻyicha iqtidorli ekanligini namoyon etdi.

S.Yoʻldoshev tomonidan tashkil etilgan yengil atletika sporti musobaqalarida ham maktabning iqtidorli atletlari aniqlandi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida 60 metr masofaga yugurish boʻyicha musobaqalarda 8-sinf oʻquvchilari T.Bobojonov, D.Tojiboyev va 7-sinf oʻquvchisi O.Yoʻldoshevlar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. 1000 metr masofaga yugurish boʻyicha bellashuvlarda esa 7-sinf oʻquvchisi D.Xoʻjamurodov oʻzining tengsiz ekanligini namoyon etdi. 8-sinf oʻquvchilari S.Kamolov ikkinchi, Sh.Ollamov esa uchinchi oʻrin sohiblari boʻlishdi.

Uzunlikka sakrash musobaqalarida 8-sinf oʻquvchilari T.Bobojonov, D.Tojiboyev, A.Otaboyevlar gʻoliblik shohsupasidan joy oldilar.

Masofaga yugurish boʻyicha qiz bolalar oʻrtasida musobaqalar yanada qizgʻin va bahslarga boy boʻldi. Unda 60 metr masofaga yugurishda 8-sinf oʻquvchilari Sh.Sobirova, M.Berdiboyeva, 7-sinf oʻquvchisi M.Sobirova, 1000 metr masofaga yugurishda 6-sinf oʻquvchisi M.Chorshamboyeva, 8-sinf oʻquvchilari M.Berdiboyeva, G.Xolboyevalar musobaqa peshqadamlari boʻlishdi.

Uzunlikka sakrash boʻyicha musobaqalarda 7-sinf oʻquvchilari M.Sobirova, I.Matyoqubova, 8-sinf oʻquvchisi S.Nazirboyevalar gʻoliblikka erishdilar.

Yaqinda S.Yoʻldoshev tomonidan yana bir sport musobaqasi tashkil etildi. Unda maktabning yosh sportchilari aql gimnastikasi – shaxmat sporti boʻyicha oʻz aql-idroklarini namoyish etdilar. Qizgʻin bellashuvlar asosida oʻtgan musobaqalarda 5-sinf oʻquvchisi Sherali Shomurodov 1-oʻrinni egalladi. 8-sinf oʻquvchisi Sherzod Qurbonboyevga ikkinchi, 5-sinf oʻquvchisi Shahriyor Shomurodovga uchinchi oʻrin nasib etdi.

– Umumtaʼlim maktablarda oʻtkaziladigan sinflararo sport musobaqalari sportga qiziquvchi yoshlarni katta sportga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega, – deydi Soliy aka Yoʻldoshev. – Bunday musobaqalar oʻquvchi-yoshlarning oʻziga ishonchini mustahkamlaydi, oʻzi qiziqqan sport turi boʻyicha doimiy shugʻullanishga undaydi. Oʻqituvchi esa oʻquvchi-yoshlar bilan shugʻullanishdan toʻxtamasligi kerak. Ana shunda oʻquvchi-yoshlar maktabdan tashqari nufuzli sport musobaqalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etadilar.

Iroda EPDOShEVA, “Taraqqiyot koʻzgusi”

gazetasining jamoatchi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026