PAXTA TEPIMIDA YaPATILGAN QULAY ShAPOIT ISh UNUMINING OShIShIDA MUHIM OMIL BOʻLDI
Bu yil tumanimizda boʻy tiklagan 33 ming tonnalik “Oq oltin” xirmoniga Qizilcholi mahallasida faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklari ham oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.
Mahalla hududida faoliyat koʻrsatayotgan “Xidirboyev Bunyodbek” fermer xoʻjaligi 47 gektar paxta maydonidan jami 115 tonna paxta yigʻishtirib olib, shartnomaviy rejasini muvaffaqiyatli ado etishga erishdi. Paxta terimida fermer xoʻjaligining 35 nafar pudratchisi va uyushmagan aholi hisobidan kelgan 50 nafar yordamchi terimchilar zoʻr gʻayrat namunalarini koʻrsatdilar.
Pudratchilardan Gulxonim Eshchonova, Malika Sobirova va Maryam Yoqubovalar 4-4,5 tonnadan paxta terishga erishgan boʻlishsa, yordamchi terimchilardan Zulfiya Abdalova, Nilufar Oʻrozboyeva va Sanobar Jumaniyozovalarning har birisi 2,5-3 tonnadan paxta terishga muvaffaq boʻldilar.
– Biz paxta terimi paytida barcha terimchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qildik. Shu boisdan ham ishimizda yuksak unum boʻldi, – deydi fermer xoʻjaligi raisi Davronbek Davlatboyev.
Ayni kunda ushbu fermer xoʻjaligida 14 gektar maydondagi kuzgi bugʻdoy parvarishiga ham alohida eʼtibor berilayapti.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶