FERMER XÖJALIGIDA PUDRATÇILAR, IŞÇILAR UÇUN HOSIL BAYRAMI ÖTKAZILDI
Kuz fasli heç bir hududda bizning mamlakatimizdagiday masʼuliyatli, qistovli keçmasa kerak. Boisi iqtisodiyotimizning asosini agrar soha taşkil etadi va tabiiyki, köklamda ekilgan ekinlar hosili aynan şu faslda yiğiştirib olinadi. Ayniqsa asosiy ekin – paxta yiğim -terimi köp kuç talab qiladi. Şunday damlarda bir- birovga kömakka keliş, iş bilan band bölmaganlarning haşarga çiqişi ham azaliy qadriyatlarimizdan.
Joriy yilgi yiğim –terim mavsumida 36 gektar yerda möl paxta hosili yetiştirilgan “Zarifboy - Tölğonoy” fermer xöjaligida yillik şartnomaviy rejalarning barvaqt oşirib ado etilişida 28 nafar pudratçilarga kömakdoş bölgan uyuşmagan aholining ham hissasi katta böldi. Xöjalikda mavsum davomida 84 tonna örniga 100 tonnadan ziyod paxta yiğiştirib olindi.Yillik şartnomaviy reja esa 4-oktyabrda ado etildi.
Xöjalikda joriy yilda buğdoy va boşqa qişloq xöjalik ekinlaridan ham közlanganidan ziyod hosil olindi. Şu boisdan 20-oktyabr kuni xöjalikda mazkur qişloq xöjalik yili muvaffaqiyatli yakunlanayotgani munosabati bilan ulkan tadbir taşkil etildi.
Tadbirda pudratçilar va yiğim – terim mavsumida ularga qöl – qanot bölayotgan uyuşmagan aholi , barça işçilar uçun tökin dasturxon yozildi, palov tortilib, köngilli hordiq çiqarişlari uçun tumanimizning taniqli sanʼatkorlari iştirokida kontsert namoyiş etildi.
Tadbirda xöjalikda qölga kiritilgan yutuqlarga munosib hissa qöşgan pudratçilar ,işçilar va barça kömakçilarga sovğalar taqdim qildik, unumli mehnatlari uçun minnatdorçilik bildirdik. Bundan ularning köngli toğday kötarildi,- deydi fermer xöjaligi raisi Umida Qurbonboyeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶