Soğlom bola yili yangiliklari
Yoş isteʼmolçilar körik-tanlovi
Şu yilning 14 fevral kuni NDPI qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida "Eng iqtidorli yoş isteʼmolçi - 2014” VI Respublika körik-tanlovining birinçi bosqiçi ötkazildi.
3-sonli Amudaryo akademik litseyi öquvçilari örtasida ötkazilgan uşbu körik-tanlovda 106 guruh öquvçisi Yulduz Tursunboyeva 1-örinni, 204 guruh öquvçisi Şoira Bozorboyeva 2-örinni va 204 guruh öquvçisi Sohiba Örozboyeva 3-örinni egallaşga muvaffaq böldilar.
"Eng iqtidorli yoş isteʼmolçi - 2014” VI Respublika körik-tanlovining birinçi bosqiçi ğolibi Yulduz Tursunboyevaga uşbu körik-tanlovning tuman miqyosida ötkaziladigan ikkinçi bosqiçiga yöllanma berildi.
Şoiraning yangi kitobi
"S6yemen aq bulttay p1klik jolin”. Bu tumanimizdan yetişib çiqqan yoş şoira Zulfiya Olloyorovaning badiiy ijoddagi yana bir dadil qadami. Şoira bungaça "Ufqqa qoqilgan işq”, "Köngilning çor nağmasi”, "Dunyoliqda dunyo ranglari” şeʼriy kitoblarini naşr ettirib, öz muxlislariga taqdim etişga ulgurgan. "Qoraqalpoğiston” naşriyotida, qoraqalpoq tilida çop etilgan şoiraning törtinçi kitobida nozik köngil keçinmalari bilan birga ona Vatanga muhabbat va insoniy fazilatlar tarannum etiladi.
Çorva qişlovi betalofat ötmoqda
Bugungi kunda tumanimizda 30 dan ortiq xöjalik subʼektlari çorvaçilik bilan şuğullanmoqda. Çorvaçilikda qoramollar zotdorligini taʼminlaş, naslli qoramollar sonini köpaytiriş maqsadida aholi punktlarida asbob-uskunalar bilan taʼminlangan 11 ta zooveterinariya punkti, 3 ta sunʼiy qoçiriş nuqtasi taşkil qilinib, aholi va fermer xöjaliklariga arzon narxlarda xizmat körsatiş tizimi yaratilgan.
Çorva qişlovi oldidan hayvonlarni veterinariya körigidan ötkaziş, kasal mollarni öz vaqtida ajratiş va davolaş, töplanib qolgan göngni çiqariş va zararsizlantiriş, molxonalarni dezinfektsiya qiliş, mollarni zoogigiyenik talablar asosida parvariş qiliş va fermalarda dağal xaşak, töyimli omixta yem, vitaminga boy beda va höl öt kabi ozuqa bazasini yaratişga katta eʼtibor berilgani natijasida xöjaliklarda çorva qişlovi mavsumi betalofat ötkazilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶