TANIQLI HOFIZLAR “AYTIŞUV”GA ÇIQDILAR
Xalqimizning asrlar davomida şakllangan milliy sanʼatining tarbiyaviy ahamiyatidan keng foydalaniş, tarğib etiş va zamonaviy, qardoş xalqlar qöşiqlaridan aholini bahramand qiliş maqsadida tuman Madaniyat bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan “Aytişuv” loyihasi qisqa fursatlarda öz muxlislariga ega böldi. Ayniqsa, loyiha Amudaryo telekanali orqali tasvirga olinib, muntazam namoyiş etib borilayotgani mazkur dastur tumanimizdan taşqari boşqa hududlarda ham sanʼatsevarlarning eʼtiborini tortmoqda.
Şu yil 16-sentyabr kuni tumanimizdagina emas, balki respublika miqyosidagi körik-tanlovlarda sovrinli örinlarni egallab kelayotgan taniqli sanʼatkorlar, mumtoz aşulalarni maromiga yetkazib ijro qilib, el könglidan joy olgan ikki nafar taniqli hofiz 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi murabbiyi Baxtiyor Jölliboyev va qişloq xöjaligi xodimi Çorşam Yaxşimurodovlar “Aytişuv” dasturida sahnaga çiqdilar.
Dastur dastlab mumtoz aşulalar ijrosidan boşlanib, ota-ona, Vatan, tinçlik, ezgulikni madh etuvçi, qardoş xalqlar qöşiqlarini, erkin mavzularda qöşiqlar aytiş bilan davom etdi.
Tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida bölib ötgan kontsert dasturini barça tomoşabinlar zör eʼtibor bilan tingladilar va sanʼatkorlarni olqişlab, ruhiy madad berib turdilar.
Jonli ijrodagi “Aytişuv” barçada öçmas taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶