Bolaga eʼtibor – oilaga va millat kelajagiga ehtirom ifodasi
Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega.
(Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasidan)
Istiqlol yillarida yoşlarga oila quriş naqadar muhim va masʼuliyatli iş ekanini anglatiş, soğlom oilani şakllantiriş, oilada yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptiriş uçun zarur şart-şaroit yaratiş eng ustuvor siyosat darajasiga kötarildi.
Darhaqiqat, oila – fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi. Sababi har bir jamiyat aʼzosining tarbiyasi, eng avvalo, oiladan boşlanadi. Ösib kelayotgan avlodning yetukligini ham, inqirozini ham oila muhiti belgilab beradi. Agar oila barkamol, ota-onalar maʼnaviyatli, qadriyatlarimizga eʼtiborli bölsa, bunday oilada yomon farzand tarbiyalanmaydi.
Yangi 2014-yilga muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Soğlom bola yili” deb nom berilişi barça davlat idoralari, nodavlat va ijtimoiy taşkilotlar qatorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) organlari zimmasiga ham katta masʼuliyat yukladi.
Muhtaram Prezidentimiz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bağişlangan tantanali yiğilişda sözlagan maʼruzasida şunday deb taʼkidladilar: "Maʼlumki, mamlakatimizda bölğusi kelin-kuyovlarni nikohdan oldin tibbiy körikdan ötkaziş tartibi joriy etilgan bölib, bundan közlangan asosiy maqsad soğlom oila quriş, soğlom bolani dunyoga keltiriş bilan boğliq. Lekin afsuski, insonning hayoti, tuğilajak farzandning taqdiriga bevosita daxldor bu masalaga baʼzan masʼuliyatsizlik bilan qaraş, soxta va yuzaki xulosalar çiqariş, tibbiy maʼlumotnomalarni sotib oliş kabi holatlar uçrab turişi barçamizni taşvişga solişi zarur”.
Şunday ekan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustda qabul qilingan "Nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi Qarori ijrosini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratişimiz lozim. Oila quriş arafasidagi yoşlar bir-birining salomatligi haqida aniq maʼlumotga ega bölişini taʼminlaş orqali kelgusida befarzandlik, jismoniy, ruhiy rivojlanişida nuqsoni bölgan bola tuğilişining oldini olişga, ajralişlarning kamayişiga erişiladi.
Ana şu maqsadlardan kelib çiqib, oila institutini yanada takomillaştiriş, nikoh masʼuliyati, huquq va majburiyatlar tengligi, qon-qarindoşlik munosabalarining ahamiyati haqida yanada mazmunli, samarali tarğibot işlarini olib boriş lozim. Bunda avvalo, oilaning muqaddasligi hamda nikoh masʼuliyati böyiça turmuş qurayotgan yoşlarning bilim va tuşunçalarini boyitişga alohida eʼtibor qaratiş, xususan, oila quriş har bir inson hayotida ulkan hodisa ekanligi, bu masala şaxsiy, xususiy doiradan çiqib, ijtimoiy-huquqiy ahamiyat kasb etişini tuşuntiriş, ikkinçidan, voyaga yetayotgan ösmirlar ongida oila masʼuliyati, ularni turmuş qurişga tayyorlaş, yoş oilalarining huquqiy savodxonligini tubdan yaxşilaş, oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi böyiça tadbirlar taşkil qiliş böyiça tegişli mutaxassislar iştirokida tuşuntiriş işlarini olib boriş zarur.
Xulosa örnida şuni aytiş joizki, ham maʼnan, ham jismonan soğlom oilaning vujudga kelişi yurt va millat taqdiriga daxldor masaladir.
Zero, Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek, "Soğlom bola – avvalo, soğlom va ahil oilaning mevasidir. Biz tayançimiz va suyançimiz, ğururimiz va iftixorimiz bölmiş bolalarimizga işonç bilan, hurmat-eʼtibor bilan qaraşni kelajagimizga bölgan işonç, millatimizga, xalqimizga bölgan hurmat-ehtirom ifodasi deb bilamiz”.
Zulhumor BOLTABOYeVA,
tuman FHDYo bölimi inspektori, 3-darajali huquqşunos.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶