ZARBDOR 40 KUNLIK – PAXTAKORLAR UÇUN MASʼULIYaTLI DAVR
Qişloq xöjaligi mehnatkaşlari paxta hosildorligini oşirişda muhim davr hisoblangan avgust oyida har qaçongidan ham eʼtiborli va masʼuliyatli bölişga harakat qiladilar. Negaki, bu oy hosil töplaş va hosilga hosil qöşiş oyi hisoblanadi.
Bu davrda paxtakor dehqonning ğöza qator oralarini begona ötlardan tozalaşga katta eʼtibor berişi lozim böladi. Çunki begona ötlarning köpayişi ğöza rivojiga salbiy taʼsir körsatadi, zararkunanda haşarotlarning köpayişiga sababçi bölib, kösaklar pişib yetilişini keçiktiradi.
Ğöza parvarişida keçiktirib bölmaydigan agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini tizimli taşkil qiliş asosida közlangan paxta hosilini yaratiş maqsadida joriy yilning 16-iyulidan 25-avgustiga qadar “Hosilga hosil qöşişda zarbdor 40 kunlik” eʼlon qilindi.
Bu davrda ğöza parvarişida belgilangan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş, kasallik va zararkunandalarga qarşi samarali kuraşiş, oziqlantiriş işlarini yakunlaş, ğözani şarbat usulida peşma-peş suğoriş hamda kultivatsiya işlarini tizimli taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqildi.
“Hosilga hosil qöşişda zarbdor 40 kunlik” davrida tumandagi mavjud ğöza qator oralarini 4-marta kultivatsiya qiliş, ğöza zararkunandalariga qarşi kuraşni kuçaytiriş, har bir gektar maydondagi ğöza uçun 3 tonnadan mahalliy öğit taşib çiqariş, ğözalarni 3-marta şarbat usulida suğoriş, ğözani çilpiş işlarini yuz foiz tugallaş işlari reja qilingan bölib, şu paytgaça ularning ança qismi töla amalga oşirildi.
Ayni kunda ğöza qator oralariga işlov berişda 365 ta kultivatorlardan unumli foydalanilmoqda. Bu işlarning amalga oşirilişi tajribali mutaxassislardan taşkil topgan 90 ta otryad tomonidan töla nazorat qilib borilayapti.
Xalqimizda “Suv – ğözaning qoni va joni” degan gap bor. Buning haq gap ekanligini har bir paxtakor juda yaxşi biladi. Şu boisdan ham zarbdor 40 kunlik davrida tumanimizda ğözalarni suğoriş işlariga alohida eʼtibor berilayapti.
Paxtani suğoriş – asosiy agrotexnik tadbirlardan biri bölganligi bois tumanimizda 18 ta suğoriş otryadlari taşkil etildi.
Mavsum oldidan barça maydonlarda suğoriş işlarini sifatli va öz vaqtida olib boriş maqsadida fermer xöjaliklariga amaliy yordam beriş uçun suv xöjaligi taşkilotlaridan 280 nafar, suv isteʼmolçilari uyuşmalaridan 30 nafar xodimlar biriktirildi. Suvçilarga qulay şaroitlar yaratiş maqsadida dala boşlarida 1017 ta çayla qurildi.
Bugungi kunda tumanda ğözani şarbat usulida suğorişga alohida eʼtibor berilayapti. Bu işni amalga oşirişda ğözani şarbat usulida suğoriş tizimini taşkil qiliş maqsadida tayyorlangan 3050 ta şarbat handaklaridan unumli foydalanilayapti.
Bugungi kungaça tumanda ğözalar 3-marta oziqlantirilib, 5-marta biostimulyator bilan töliq suspenziya qilindi. Suspenziya qiliş işlarida 46 ta OVXlardan unumli foydalanildi.
Bu yil tumanimiz böyiça jami 36450 tonna paxta tayyorlanib, davlatimiz xirmoniga topşirilişi reja qilingan. Har yili öz sözining ustidan çiqib kelayotgan amudaryolik paxtakorlarning bu yil ham közlagan marralarini egallaşlariga işonçimiz komil.
Qudrat ABDIKALIKOV, tuman hokimligining
Qişloq va suv xöjaligi böyiça boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶