INTERNET DOIMO BIZGA DÖST(mi)?
Biz axborot asrida yaşayapmiz. Biz terlab-pişib köçiradigan kitoblarning elektron variantlari paydo böldi. Lekin, bugun biz oğiz oçgan mavzu bu emas, butun dunyoni bir çetdan mahv etgan, örgimçak töri deb atalmiş Internet haqida. Eʼtibor berganmisiz, örgimçak törini qarovsiz qolgan uylarning xohlagan joyida uçratişimiz mumkin. Internetni ham bejizga bunday ataşmagan. Çunki u ham qarovsiz qolgan, eʼtibor berilmagan joyda oson kirib keladi. Alfred Nobel umrining oxirgi onlarida şunday degan edi: "Agar harbiy yovuz maqsadlarda işlatilişini bilsaydim, atomni yaratmagan bölardim”. Agar atom bombasining hozirgi siyosiy hayotdagi örnini olsak, Nobelga qöşilmay ilojimiz yöq. Internet tarmoğini yaratgan odam ham eng avvalo uning foydali tomonlarini körgan. Çunki u orqali dunyoning narigi burçidagi har qanday xabardan tez va oson voqif böliş mumkin. Biroq zararlari-çi? Yoşlarning ongini buzadigan, unga har tomonlama notöğri ğoya beradigan axborotlarni-çi, töxtatib böladimi? Bölmaydi. Çunki bu odamlarning, yoşlarning öziga boğliq. Agar u istasa, sizdan besöroq ham iş qilişi mumkin. Şunday ekan, gap aylanib yana tarbiyaga borib taqaladi. Bilsangiz, KXDR davlatida Internet tarmoğidan foydalaniş taqiqlangan. Bunga jazo bor. Şuning özi ham örgimçak törining neçoğlik zararli ekanligini körsatib turibdi. Hozirda, xohlagan uyali aloqa vositasi yordamida Internetga ulaniş mumkin. Bu juda oson. Lekin har doim axborot olamida yurgan odam taşqi dunyodan uzilib, ğayratsiz, irodasiz bölib qoladi. Umuman yaşaşning qiziği yöq, umri mazmunini faqat virtual dunyoda köradi.
Endi öylab köring, bunday irodasiz, öziga işonmaydigan odamdan nimani kutiş mumkin? Endi ularga öqi, deya olamizmi, yo birinçi sinfdan boşlaymizmi? Yöq. Höl novdani buksang, har yonga bukiladi, quruq çöpni esa osongina sindiriş mumkin. Özingiz öylang, qölida telefon tutgan, kompyuterda işlagan, maşina mingan yoşlarning keyinçalik qöliga kitob tutişiga, keça-yu kunduz mukkasidan ketib kitob öqişiga işonasizmi? Internetga mukkasidan şönğigan bolaning kitoblar olamiga qaytişi juda qiyin. Örgimçak töriga tuşib qolgan odam barça gözalliklarni virtual dunyoda deb biladi. Bu qançalik dahşatligini tasavvur qilayapsizmi?
Gaplarimdan xafa bölmang, tengdoşim. Çunki bu haqiqat.
Aziz ota-onalar, sizning ham öğil-qizingiz bor. Öğlingizning özingizga öxşab oliy maʼlumotli bölişini, qizingizning esa hammaning közini quvnatadigan kelin bölişini istaysiz. Unda yanada huşyorroq böling. Toki, farzandingiz örgimçak töriga ilinib qolmasin.
Azizlar, men hali kollej öquvçisiman. Lekin yuqorida fikr yuritganim – örgimçak töri – internet olamidagi buzğunçi saytlardagi maʼlumotlarning tarbiyaviy maqsadlarimizga zid ekanligini yaxşi bilaman. Şuning uçun farzandlari virtual dunyo bilan har kuni "oşno” bölgan aziz ota-onalar, fan-texnika yuksalganini qöya turaylik, heç öylaganmisiz, qaçonlardir ota-bobolarimiz tasavvur ham qilmagan, biz ham ançagaça huşimizga siğdirolmagan bu özgarişlar, nega ulardan foydalanişimiz juda oson bölib qoldi? Nega ular bilan oramiz bor yöği bir qadam? Nega biz bundan quvonişimiz kerak? Balki bu Vatanimizning ozodligini körolmayotgan, yoşlarimizning ong-u tafakkurini mahv etişga urinayotgan niyati buzuq kuçlarning işi emasmikan? "Tekin ovqat-tomoq yirtar”, deyişgan ota-bobolarimiz. Şuning uçun yozganlarimni bir muşohada qilib köring, bu mening fikrlarim. Qanday xulosa çiqariş esa özingizga boğliq, aziz muştariy.
Siroj OLIMOV,
Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶