Bizga bölaveradi(mi?) (Bir ösmir qizning kuzatişlaridan tuğilgan şaxsiy xulosalari)
Bugun yer yuzida ayrim “uddaburon” kimsalar tomonidan şunçaki qöl uçida, nomigagina bajarilgan işlar, afsuski, juda köp. Bunday xunuk voqealar haqida xabar topar ekanmiz, sayyoramiz va inson umri tajriba maydoniga aylanib qolganmi, deya öylanib qolamiz. Çunki şaxsiy manfaat yölida bajarilgan işlar va atayin çala yakunlangan rejalar mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ziyon yetkazadi.
Ahamiyat berganmisiz, Vatan kelajagini belgilab beruvçi talabalarning qançasi kutubxonalarga ilm oliş va sohasiga oid keng bilimlarni mustaqil egallaş maqsadida boryapti? Taassufki, ayrim “bilimdonlar” bu dargohga şunçaki hisobot uçun qadam ranjida qilişadi. Oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan yoşlarning neça foizi yetuk mutaxasiss böliş yölida jon kuydirib tahsil olyapti? Şaxsiy kuzatişlarimdan maʼlumki, köpçilik yoşlar faqat qoğozdagi aʼlo baholar va yaxşi stipendiya uçungina harakat qilişadi.
Kaminani öylantiradigan savollar köp. Oramizdagi odamlardan qançasi qölidagi smatfonlar-u ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanyapti? Töğri, guruç kurmaksiz bölmaydi, deyişingiz mumkin. Biroq bugun guruç va kurmakning örni almaşib qolmadimi? Yoki jamiyatimizda “kurmaklar” soni şu qadar köpçilikni taşkil qiladimi? Uşbu savollarga har bir insonning öziga xos javobi bor.
Bugun tengdoşlarim orasida zamon talabi deb özidan kitobxonni yasab olgan “aktyorlar” ham topiladi. Ular bilan öqigan kitoblari haqida suhbatlaşganimizda, asardagi voqealar rivoji va qahramonlar ismidan boşqasini bilmasligiga amin bölamiz. Asarning asl mohiyatidan, undagi yetuk ğoylardan bahra olmas ekanmiz, özimizni asl kitobxon sanaşga haqqimiz bormi. Afsuski, maktablarimizda ham köpçilik öquvçilarning bilimi havas qilarli darajada emas. Öquvçilar aʼlo baholari bilan maqtanişni yaxşi körişadi. Bunday toifadagilar ming öqimasin, baribir öqiganlarini uqmaydi. Axir kompyuter xotirasiga tuganmas maʼlumotlarni jamlagan bilan u aqlli bölib qolmaydi. Nazarimda, inson xotirasi ham şunga öxşaydi. Şuning uçun mutolaa davomida eng avvolo uqişimiz, mavzu mohiyatini tuşunişimiz lozim.
Kuzatganman. Ayrim öquvçilar erinibgina, bir amallab maktabga borib kelişadi. Bilimini yonidagi tengdoşlariga nisbatan baholaşadi, yani el qatori yuribmanmi menga şu ham bölaveradi, deb öylaşadi. Öylab qolaman, bizning jamiyatimizga bu “bölaveradi”lar kun kelib, neçoğlik ziyon yetkazişi mumkin. Bugun dunyoda şunday yoş olimlar borki, ular misli körilmagan, insonni hayratlantiradigan ixtirolar ustida işlaşyapti.
Xulosa örnida şuni aytişim joizki, asrimizda “mening bölganim şu”, “menga şu ham bölaveradi” qabilida yaşaş jamiyatimizni halokatlarga olib borişi mumkin. Biz şu zamonning odami ekanmiz, XXI asrning mezonlariga töla javob berişimiz şart. Zero, insonga berilgan ğanimat vaqtni tajribalar va çala işlar uçun sarflasak, şunga munosib ravişda javob olişimiz haqiqat.
Qunduzxon Ibrohimova, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqiç talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶