Ösmirlar örtasida sportning kuraş turi böyiça musobaqa taşkil etildi
Özbekiston azaldan kuraşçi polvonlar yurti sanaladi. Ota-bobolarimiz kuraş gilamini or-nomus timsoli deb bilişgan. Kuraş nafaqat jismoniy kuç-qudratni namoyon etuvçi sport turi, balki halollik, mardlik va adolat ramzi hamdir. Bugungi kunda kuraş zamonaviy sport maydonlarida öz örnini mustahkamlab, jahon miqyosida eʼtirof etilmoqda. Kuraş xalqaro musobaqalarda alohida sport turi sifatida tan olinib, Osiyo öyinlaridan ham munosib örin egalladi. Jahon polvonlari bugungi kunda “örta”, “taʼzim”, “kuraş”, “halol”, “dakki”, “tanbeh”, “ğirrom” kabi özbek sözlaridan foydalanib, kuraş maydonlarida bellaşmoqda.
Davlat rahbarining 2024-yil 21-dekabr kungi “Kuraş milliy sport turini rivojlantiriş va ommalaştirişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori mamlakatimizda uşbu sport turiga bölgan eʼtiborning naqadar yuksak ekanini yana bir bor isbotladi. Uşbu Qaror bilan kuraş sportining bolalar va ösmirlar orasida keng tarğib etilişi, yoş avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişi uçun barça zarur şaroitlar yaratilmoqda. Bu esa jamiyatda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda kuraş sportini yanada ommalaştiriş maqsadida hududlarda turli yoş toifalari örtasida sport musobaqalari ötkazilmoqda. Şunday musobaqalardan biri 15-fevral kuni Amudaryo tumani sport maktabida taşkil etildi. “Biz – giyohvandlikka qarşimiz” şiori ostida ötkazilgan mazkur musobaqada ösmir yoşdagi yigitlar va qizlar özaro kuç sinaşdi.
Musobaqaga Nukus şahri, Şömanay, Xöjayli va Beruniy tumanlaridan 200 nafarga yaqin yoş sportçilar taşrif buyurdi. Bellaşuvlar qizğin va murosasiz keçdi. Iştirokçilar Xalqaro Kuraş Federatsiyasi qoidalariga muvofiq kuraş olib bordilar. Dastlab qizlar örtasidagi bahslar ötkazildi. Bugungi kunda ayol-qizlarimizning ham kuraş sportiga qiziqişi ortib borayotgani quvonarli holat. Şundan söng yigitlar ham öz kuç va mahoratlarini gilamda namoyiş etdilar.
Har bir sportçining maqsadi nafaqat musobaqalarda ğolib böliş, balki milliy anʼanalarimizga sodiq qolgan holda, halollik va adolat tamoyillariga amal qilişdir. Kuraşning asosiy mezonlari aynan şu tamoyillarga asoslangani uning ahamiyatini yanada oşiradi.
Musobaqada öz vazn toifalarida faxrli örinlarni egallagan sportçilarga Amudaryo tumani sport maktabi tomonidan diplom va medallar tantanali ravişda topşirildi. Musobaqalar yakuniga köra amudaryolik kuraşçilar umumjamoa hisobida 1-örinni qölga kiritdi. Musobaqaga Zulhijja Xudoyorova boş hakamlik qilib, iştirokçilarning kuraşga bölgan iştiyoqini yuqori baholadi.
Kuraş nafaqat milliy sport turi, balki xalqimizning maʼnaviy qadriyatlaridan biri sifatida ham eʼtirof etiladi. Davlatimiz tomonidan uşbu sport turini rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar kelgusida yangi çempionlar yetişib çiqişiga va kuraşning xalqaro miqyosda yanada ommalaşişiga xizmat qiladi.
Şohista Şomurodova, QDU 3-bosqiç talabasi, tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶