Sportning qöl jangi turi böyiça hokim sovrini uçun ösmirlar örtasida ötkazilgan musobaqa raqiblarning murosasiz janglariga boy böldi
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş davlat ijtimoiy siyosatining muhim yönalişlaridan biri etib belgilangan. Çunki sport aholi salomatligini mustahkamlaş, yoş avlodni soğlom va barkamol etib tarbiyalaş orqali jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport maktablarida yaratilgan zamonaviy şaroitlar va tajribali murabbiylarning öziga xos maşğulotlari natijasida çempion sportçilarimiz jahon miqyosida ötkazilgan musobaqalarda yurtimiz bayroğini yuksaklarga kötaryapti.
Bugungi kunda amudaryolik yoşlar orasida sportning qöl jangi turi bilan şuğullanuvçi sportçilar köp. Belgilangan tartibda doimiy ötkazib kelinayotgan musobaqalar esa iqtidorli sportçilarni aniqlaş imkonini bermoqda.
Joriy yilning 24-iyun sanasida Amudaryo tumani sport maktabida yoşlar oyligi doirasida sportning qöl jangi turi böyiça hokim sovrini uçun ösmirlar örtasida tuman oçiq birinçiligi musobaqalari ötkazildi.
Tadbirda Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği Şerzod Murodov, tuman Sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov, faxriy ustoz sportçilar, tögarak murabbiylari hamda sportçi yoşlar iştirok etişdi.
Musobaqada 10 yoşdan 15 yoşgaça bölgan 100 nafardan ortiq sportçilar öz vazn toifasida kuç sinaşdilar. Sportçilarning ğoliblik uçun murosasiz keçgan bellaşuvlari boş hakam Abror Otajonov hamda yordamçi va yon hakamlar Komil Qutlimurodov, Bekzod Otajonov, Salamat Jiyemuratovlar tomonidan nazorat qilinib, adolatli baholab borildi.
Takidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarorlari bilan qöl jangi sport turi aholi, ayniqsa yoşlar, Qurolli Kuçlar harbiy xizmatçilari va huquqni muhofaza qiliş organlarining xodimlari örtasida yanada ommalaştirilib, soha uçun moddiy-texnik bazani mustahkamlaş hamda malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlaşga bölgan eʼtibor yanada kuçaytirildi. Bu sport turi jang sanʼatining bir turi bölib, raqiblar qöllardan foydalangan holda bir-biriga qarşi kuraşadilar. Qöl jangi nafaqat jismoniy kuç, balki tezlik, texnika va strategiyani ham talab qiladi.
Maʼlumot örnida, bugungi kunda Amudaryo tumani sport maktabida sportning 18 turi böyiça jami 2400 nafar sportçilar maşğulotlar bilan şuğullanib kelişmoqda. Sportning qöl jangi turi böyiça tumanimiz yoşlari mamlakat miqyosida ötkazilayotgan musobaqalarda ham faxrli yutuqlarga erişmoqda. Birgina 2024-yilning olti oyi davomida ötkazilgan Özbekiston çempionati va kubogi musobaqalarida sportçilarimiz tomonidan jami 19 ta medal, şundan 6ta oltin, 9ta kumuş va 4ta bronza medallari qölga kiritildi. Şuningdek, tumanimizning Qiliçboy ovulida tuğilib ösgan Özbekiston çempioni Lobar Jumaboyeva joriy yilda Buxoro viloyatida bölib ötadigan Jahon çempionati musobaqalarida 58 kg vazn toifasida iştirok etadi. Bu kabi erişilgan yutuqlar tumanimizda murabbiylar va sportçi yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlarning amaliy natijasi, desak mubolağa bölmaydi.
“Hokim sovrini” uçun ötkazilgan musobaqaning yakuniy nataijalariga köra, 10-11 yoş çegarasida Jahonşer Abdurasulov, Behruzbek Farhodov, Fozilbek Yöldoşev hamda Niyozbek Safarniyozovlar öz vazn toifalarida 1-örinni qölga kiritişdi. 12-13 yoşli sportçilar örtasida keçgan murosasiz bellaşuvlarda Yaxibbay Abatbayev, Javohir Olloyorov, Artur Utegenov hamda Alişer Mambetboyevlar öz vazn toifalarida raqiblaridan ustun ekanliklarini isbotlaşdi. Musobaqa davomida yigitlar qatorida qizlar ham abjirliklarini namoyon qilişdi. 14-15 yoş çegarasida qizlar örtasida ötkazilgan bellaşuvlarda Ulzada Utepbergenova hamda Aziza Sotiboldiyevalar öz vazn toifasida ğoliblikka munosib körildi. Şuningdek, musobaqa davomida ötkazilgan professional janglarda Mirjalol Yaraşbayev hamda Bekniyaz Aytniyazovlar öz vazn toifasida 1-örinni yengib olişdi.
Musobaqa söngida ğolib bölgan sportçilar tuman hokimligi tomonidan diplom va estalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Abror Otajonov, Amudaryo tumani sport maktabi qöl jangi böyiça katta murabbiyi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶