Orzu yöling oydin bölsin, Qunduzoy
- Tengdoşlarim qanday fikrda, bilmadim-u öqituvçi-ustozlarimiz, hatto ota-onalarimizning ham tinmay pand-nasihat qilib, öqişga, hunar örganişga undaşlari har doim ham samara beravermaydi, - deydi Qunduzoy, – menimça, ilm olişga, hunar örganişga qiziqiş, avvalo har bir odamning yuragida tuğiladi. Ota-ona va ustoz yordami bilan biz uni rivojlantirib, özimiz uçun sevimli maşğulotga aylantirib olamiz.
Qunduzoy hali juda yoş, umum-taʼlim maktabining 7-sinf öquvçisi. Lekin u hayotga teran boqadi, öta qiziquvçan, mulohaza bilan iş yuritib, atrofidagilarni hayron qoldirgan holda jiddiy xulosalar çiqara oladi. Böş vaqtini mazmunli ötkazişni yaxşi biladi u. Badiiy gimnastika bilan şuğullanadi, kitoblar mutolaa qiladi, şeʼrlar ijod etadi. 16-sonli ixtisoslaşgan umumtaʼlim maktabining ingliz tili sinfida öqiydi, "Barkamol avlod” bolalar markazining töquvçilik tögaragi maşğulotlarida qatnaşadi. Intiluvçan, aʼloçi va faol bölgan Qunduzoy tengdoşlaridan farqli ölaroq, turli xil tadbirlar iştirokçisi va ğolibi, "Bilimlar bellaşuvi”ning tuman bosqiçida ingliz tili böyiça faxrli örin sohibasi, sportning badiiy gimnastika turi böyiça ötkazilgan musobaqalarda eng nafosatli sportçi, "Yangi avlod - 2012”bolalar ijodiyoti festivali laureati, "Kamalak yulduzlari - 2013” bolalar ijodiyoti festivali Respublika bosqiçi ğolibi sifatida tanilgan. Öqişda va ijoddagi yutuqlari uçun "Kamolot” YoIH Markaziy Kengaşining maxsus sertifikat va Diplomi, Faxriy yorliqlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirliklarining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlangan. Ustozlari rahbarligida ingliz tilini qunt bilan örganayotgan Qunduzoyning orzulari bir olam.
- Kelajakda tumanimiz ijodkorlarining asarlarini ingliz tiliga tarjima qilib, Amudaryo tumanimiz nomini jahonga tanitiş mening orzuim, - deydi u.
Biz Qunduzoyga: "Orzu yöllaring oydin bölsin!”, deymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.
Kasblar
Kasblar köpdir dunyoda,
Bir-biridan ziyoda.
Xohlaganingni tanla,
Oldin ularni sana!
Biz juda köp bilamiz,
Har hil kasblar haqida.
Birma-bir tanişamiz.
Keling, ingliz tilida!
Şifokor sözi "Doctor”,
Der: "doimo toza yur”.
"Gardener” esa boğbon,
Boğ yaratar bir jahon.
"Policeman” tinçlikni
Muhofaza qiluvçi.
Öqituvçi – "teacher”
Tinmasdan öqinglar der.
"Builder” esa binokor,
Bu juda kerakli kor.
Oşpaz böladi – "cook”
Pişirar mazali "soup”,
"Dressmaker” esa çevar,
Çiroyli köylak tikar.
"Baker” atalar nonvoy,
Yopadi şirin şirmoy.
"Farmer” – bu bobo dehqon,
"Carrot” ekadi har on.
"Pilot” esa uçuvçi,
Osmonlarni kezuvçi.
"Firemen” öt öçiruvçi,
Hamda u qutqaruvçi.
"Reporter” esa muxbir,
Buni dilda saqlab yur!
Vatan
Hur boşida humolar uçgan,
Osmonini tinçlik, erk quçgan.
Vatanimni sevarman jondan,
Toki özim hayot ekanman,
Adabiyot-körkam bir gulzor,
Unda bizlar gullar ğunçasi.
Şu gulzordan olarman ilhom,
Çunki Vatan tanim içra jon.
Qunduzoy Yusupova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶