12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:02
Fan va taʼlim 👁 435

"MARTABANG BALAND BÖLSIN, ONA TILIM!" ŞIORI OSTIDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI ÖTKAZILDI

"MARTABANG BALAND BÖLSIN, ONA TILIM!" ŞIORI OSTIDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI ÖTKAZILDI

Til — millatning körki, milliy-maʼnaviy hayotining közgusi. Ona tilini qadrlagan millatning dunyo miqyosidagi nufuzi ham, örni ham baland böladi. Asrlar davomida xalq zakosi, betakror urf-odat va anʼanalari asosida takomillaşib, bugungi kunda dunyodagi yuzlab tillar orasida öz örniga ega bölgan qoraqalpoq tili bu zaminda yaşovçi har bir inson uçun yanada qadrli. Şu bois, bu tilni xalqimiz nafaqat sevib, ardoqlaydi, balki umumtaʼlim maktablarida, oliy taʼlim muassasalarida yoşlar katta qiziqiş bilan örganadilar.

Har yili qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbirlar taşkil etilib, qoraqalpoq tilining xalqimiz hayotida tutgan örni xususida maʼruzalar öqiladi, qoraqalpoq mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyandalarining asarlari asosida sahna körinişlari namoyiş etilib, qoraqalpoq xalq oğzaki ijodi namunalari böyiça turli intellektual öyinlar ötkaziladi.

Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ham qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bağişlangan "Martabang baland bölsin, ona tilim!" şiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.

Tadbirni maktab direktori Dilrabo Şerboyeva oçdi va barçani bayram bilan muborakbod etib, 1-sonli maktabda qoraqalpoq tilini öqitiş borasida öziga xos tajriba şakllangani, maktab öquvçilari fanlar olimpiadasining tuman va Respublika bosqiçlarida muvaffaqiyatli iştirok etişayotgani xususida faxrlanib söz yuritdi.

Tadbirga taşrif buyurgan aziz mehmonlar — "Ustaz joli" gazetasi boş muharriri Jetkerbay Otegenov, mazkur gazetaning jamoatçi muxbiri Sapura Saparova, "Qaraqalpaqstan jaslari" gazetasi muharriri Şukrbay Siypatdinov, taniqli qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Urimxan Tajimuratova hamda maktabning qoraqalpoq tili uslub birlaşmasi öqituvçilari va maktab öquvçilari iştirokida davra suhbati taşkillaştirildi.

Davra suhbati jarayonida mehmonlar qoraqalpoq tilining boy tarixi va taraqqiyot bosqiçlari, davlat tili sifatidagi xalqaro miqyosdagi nufuzi xususida söz yuritdilar. Şuningdek, tilning mamlakatimiz xalqlari maʼnaviy hayotidagi örni, uning bugungi kundagi rivojlaniş jarayoni, yoş avlod zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar, ayniqsa, qoraqalpoq tilining imkoniyatlarini amalda namoyon etişga qaratilgan ilmiy-pedagogik izlanişlar yuzasidan özaro fikr almaşdilar.

Tadbir davomida maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Aptabida Abdimuratova tomonidan 10-"A" sinfda tadbir mehmonlari iştirokida oçiq dars taşkil etildi. Mahoratli öqituvçi tomonidan taşkillaştirilgan mazkur oçiq dars eng zamonaviy pedagogik uslublar asosida olib borilgani uçun nafaqat öquvçilar, balki mehmonlarda ham katta taassurotlar qoldirdi.

“Martabang baland bölsin, ona tilim!” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirning adabiy-musiqiy qismida tadbir mehmonlari maktabning bir asrlik tarixi haqida hikoya qiluvçi muzey faoliyati bilan ham yaqindan tanişdilar. Ular mazkur ilm dargohining nafaqat Qoraqalpoğiston, balki mamlakatimiz ilm-fani, iqtisodiyoti, ijtimoiy-madaniy hayotida tutgan örniga yuqori baho berdilar va 1-sonli maktab el-yurt faxri ekanligini taʼkidladilar.

Tadbir davomida maktabning “Turon” havaskorlar teatri jamoasi tomonidan “Eng yaxşi meros” ertagi asosida tayyorlangan sahna körinişi namoyiş qilindi. Öquvçilar tomonidan qoraqalpoq şoir va yozuvçilarining şeʼrlari, xalq oğzaki ijodiga doir hikmatli iboralar, maqol va matallar, qöşiq va raqslar ijro etildi.

Tadbirning yakuniy qismida maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili fani öqituvçisi, taşabbuskor va izlanuvçan pedagog Aptabida Abdimuratova “Adiwli ustaz” kökrak nişoni hamda diplom bilan taqdirlandi. Şuningdek, maktabning mahoratli öqituvçilari Dildora Kuçkarova, Yangila Şomuratova, Nasiba Kuçkarova, Mohira Kamolovalarga taşakkurnomalar berildi.

Öquvçi-yoşlar qalbida Vatanga muhabbat va istiqlol ğoyalariga sadoqat tuyğularini mustahkamlaş, qoraqalpoq xalqining boy madaniy-maʼnaviy merosi, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini keng tarğib qiliş maqsadida taşkillaştirilgan bayramona tadbir maktab öquvçilari uçun ham, tadbir mehmonlari uçun ham qiziqarli taassurotlarga boy böldi.

ROBIYa YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026