EZGULIKNI MADH ETUVÇI ASAR
“Mahoratli jurnalist Robiya Yöldoşevaning yangi kitobi çiqibdi. Taniqli pedagog J.Çorşamov haqida ekan”, degan xabarni eşitganimdan keyin kitobni varaqlab körganimga qadar “Robiyani bu inson haqida kitob yozişga nima undagan ekan”, degan savolga javob topişga urindim. Javob esa kitobning dastlabki sahifalaridanoq topila qoldi: “Biz fidoyilik haqida juda köp gapiramiz. Baʼzan zimmasidagi vazifasini qoyilmaqom qilib uddalagan insonlarni hamişa “fidoyi” deb ardoqlaymiz. Albatta, har qanday fidoyilikning bahosi hurmat va eʼzozda, xalq eʼtirofida. Lekin şunday fidoyilar böladiki, umrining biror lahzasini özi yoki oilasi uçun sarflaş haqida hatto öylab ham körmaydilar.
Bundaylar butun ongli hayotini xalq manfaati yölidagi xayrli işlar uçun sarflaydi. Agar taʼbir joiz bölsa, Jumamurod Çorşamov hali ösmir yoşidayoq öz “men”ini unutgan, butun umrini xalq xizmatiga bağişlagan edilar”.
Bu satrlarni javob deb bilganim va undan qoniqqanimning sababi şundaki, Robiya Yöldoşevaning özi ham şunday insonlar sirasiga kirişini yaxşi bilaman. Masalan, Robiyadan neça kitob naşr qildirdingiz, deb söralsa, maʼlum bir sonni aytişi mumkin, lekin köplab ijodkorlarning kitoblari uning köz nuri, qalb qöridan bahra olib dunyo yuzini körganini hisobga olsak, bu sonlar salmoğini hisob-kitob qiliş qiyin bölar edi. Öz vazifasi va oila taşvişlaridan ortib, ijodkorlarga bunday beminnat yordam körsata bilişning özi ham ana şunday fidoyilikka mansub ekanligi aniq va ravşandir.
“Ezgulik yölidagi matonat” kitobining yozilişiga ham asar qahramoni bilan muallifning qalban yaqinligi turtki bölgan deb bilaman. Öz hayoti va iş faoliyati davomida fidoyilikning yuksak namunasini körsatib ketgan Jumamurod Çorşamovday şaxslar özlari bilan bir davrda xizmat qilgan insonlar qalbida hamişa yaşaydi. Çunki muallif taʼkidlaganiday, “javohirot sandiqlari oçilib, minglab insonlar qalblarini ilm nurlari ila yoritganda, minglab insonlar hayotiga ziynat bağişlaganda xalqning minnatdor nigohlarida bu insonlar suvrati mangu muhrlanib qoldi, siyratlari esa xalqning mehr riştalari ila tutaşdi”.
Muallif asar qahramonining kasb tanlaşida ota-onasining maslahatlari alohida ahamiyat kasb etganini ham körsatib ötadi:
“Öqituvçi – kelajakka daxldor kasb egasi. Mamlakatning qanday rivojlanişi köp jihatdan taʼlim-tarbiyaga, öqituvçi şaxsiga boğliq, deyişdi ular”. Ota-onasining qançalik dono fikr bildirganlarini hozirda iqtisodi eng rivojlangan davlatlar qatorida bölgan Singapurning sobiq boş vaziri Li Kuan Yunning uşbu sözlari isbotlaydi: “Men Singapurda möʼjiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burçimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini taʼlimga yönaltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga kötardim. Davlatdagi “möʼjiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetiştirib çiqardilar. Buning uçun ulardan minnatdormiz”.
Kitobni öqir ekanman, J.Çorşamovning ana şunday möʼjizakor muallimlarimizning dastlabki avlodiga mansub ekanligiga amin böldim.
Kitobning muvaffaqiyatli çiqişiga muallifning asar qahramoni umri böyi yozib borgan “Hayotnoma”si va dösti Kamol Niyozovning “Kundaliklar”ini sinçiklab örganib çiqişi ham salmoqli hissa bölib qöşilgan. Çunki kundalik yurituvçi inson uni boşqalar öqişi uçun möljallamagani tufayli, fikr-mulohazalarini yozib qoldiradi va nasib etib öqigan kişida kundalik yurituvçining qanday inson ekanligi haqida taassurot uyğotadi.
Men özim J.Çorşamov bilan şaxsan taniş bölmaganman, lekin 1979-80-yillarda jamoa xöjaligining yoşlar taşkilotida kotib bölib işlaganim sababli firqa taşkilotiga aʼzolikka nomzodlarni u kişi rais bölgan firqa komissiyasiga olib borişimga töğri kelardi. Ana şunda Jumamurod Çorşamovning qattiqqöl, öta işçan, intizomli, lekin adolatparvar inson ekanligiga köp bora guvoh bölganman. Kitobni öqib, bu insonning maktabdagi rahbarlik taşvişidan ortib, jamoatçilik asosida komissiya raisligidan taşqari, xalq sudi raisi, byuro aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritganini bilganimdan keyin uning öz işiga fidoyi, balki vaqtdan naqadar unumli foydalana olişi va qançalik kuçli iroda egasi bölganiga guvoh böldim.
Maʼlum bir joyda muallif şunday bir savol qöyadi va unga javob topişga urinadi: “hozirgi paytda maktablarimizda şunday fidoyi öqituvçilar bormikan?”
Bu savolga şunday javob bergim keladi: “bilmadim, bilmadim, borlari ham... borlari ham Jumamurod Çorşamovçalik emasdir-ov...”
Albatta, şoli kurmaksiz bölmaganiday, taşviş köpligini bahona qilib nomiga dars ötadigan muallimlar ham topiladi. Lekin tumanimiz maktablarida darsdan taşqari darslar, maşğulotlar ötkazib, şogirdlarini kamolot sari yöllayotgan öqituvçilar ham borligiga aminman.
“Ezgulik yölidagi matonat” kitobini öqigan pedagoglar orasida ularning safini töldiruvçi ustozlar bölişiga imonim komil.
Bu esa buyuk faylasuf Aristotelning uşbu sözlariga töla mos keladi:
“Bolalarni töğri tarbiyalaganlar ularni dunyoga keltirganlardan köra köproq faxrlansalar arziydi”.
Kitobni öqiş jarayonida şu narsaga amin böldimki, muallif öz kitobida, hurmatli hokimimiz S.Yöldaşev kitobga yozgan kiriş sözida taʼkidlaganiday: “özining sinmas qatʼiyati, iroda kuçi bilan öz burçini yurakdan his etib, ezgu maqsadlari röyobi uçun intilib yaşagan Jumamurod Çorşamov hayoti davomida bunga erişgani va zimmasidagi burçini şaraf bilan ado eta olgan”ini faktlar hamda ravon til bilan ifodalab bera olgan.
Kitobning yoş pedagoglar uçun çinakam ibrat maktabi böla olişi ham ayni haqiqat.
Yana bir durdona asar paydo bölganligi bilan barça kitobxonlarni muborakbod qilaman!
Ahmad NAFASOV,
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶