16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:38
Fan va taʼlim 👁 444

“Zakovat” intellektual oʻyinining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar aniqlandi

“Zakovat” intellektual oʻyinining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar aniqlandi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish, ushbu oʻyinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvar kungi bu boradagi maxsus Qarori iqtidorli yoshlarni intellektual oʻyinlarga keng jalb qilishda muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda. Xususan, maktab, oliy oʻquv yurtlari va mahalla yoshlari oʻrtasida shunday milliy intellektual tanlovlar yangicha ruhda tashkil etilyapti.

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi “Oltin saroy” tantanalar majmuasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining Amudaryo tumani bosqichi ham ovul va mahallalardagi barcha iqtidorli yoshlarni tafakkur davrasiga qamrab oldi. Mazkur turnirda tumandagi 85 ta umumtaʼlim maktablarining har biridan jamoalar ishtirok etib, gʻoliblik uchun munosib kurash olib borishdi. Quvonarlisi, qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda tumanimiz yoshlari oʻz bilim va iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Turnir “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha koordinatori Dilshod Jumaniyazov tomonidan yuqori saviyada boshqarib borildi. Hayajonli va qizgʻin kechgan oʻyinda ishtirokchilarning tarixiy, adabiy va mantiqiy bilimlari, tafakkur va fikr tezligi sinovdan oʻtkazildi. Jamoalarning har biri insonni falsafiy mushohadalarga undaydigan savollardagi jumboqlarga astoydil javob izlashdi.

Ishonamizki, umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan bu iqtidorli yoshlar, yaʼni “Zakovat” bilimdonlari ertaga yurt koriga yaraydigan munosib farzand boʻlib kamolga yetadilar. Shu bois bugun ular olayotgan bilim va erishayotgan yutuqlar mamlakat rivojida muhim poydevor vazifasini oʻtaydi.

Darhaqiqat, avvallari “Zakovat” deganda oynai jahonda bolalikdan koʻrganimiz – hozirgidek gavjum boʻlmagan, sanoqli bilimdonlar qurshovidagi stolda oʻtirgan 6 kishilik jamoaning savollarga javob berishi tushunilardi. Biroq bugun manzara butunlay boshqacha. “Zakovat” intellektual oʻyinining bir nechta tarmoqlari, koʻrinishlari paydo boʻldi. Davlat tomonidan katta mablagʻ ajratilib, intellektual musobaqalar mahallalargacha kirib bordi.

Turnir yakuniga yetgach, hakamlar hayʼati tomonidan natijalar eʼlon qilindi. Jamoalar toʻplagan umumiy ochkolarga koʻra, “Zakovat” intellektual oʻyinining tuman bosqichida 3-oʻringa 22-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, 2-oʻringa 35-sonli hamda 1-oʻringa 65-sonli umumtaʼlim maktabi bilimdonlari sazovor boʻlishdi.

Tashkilotchilar tomonidan gʻolib jamoalar diplom bilan taqdirlandi. Ushbu jamoalar “Zakovat” intellektual oʻyinining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026