21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:35
Fan va taʼlim 👁 381

53-sonli maktabda “Ona yurtimizni madh qilamiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

53-sonli maktabda “Ona yurtimizni madh qilamiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Inson qalbiga bolaligidanoq ota-onaga, yaqinlarga hamda Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirish uning kelgusida barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, maktablarda tarbiyalanuvchilar va oʻquvchilar ishtirokida turli tadbirlar, maʼnaviy kechalar oʻtkazilib, vatanparvarlik, chin insoniylik kabi olijanob tuygʻularni ularning qalbiga bolaligidan jo qilishga eʼtibor qaratiladi.

Amudaryo tumanidagi 53-sonli maktabda “Ona yurtimizni madh qilamiz” shiori ostida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham oʻqituvchilarning Vatanga boʻlgan muhabbatini yanada kuchaytirishda muhim vosita boʻldi, deyish mumkin.

Tadbir avvalida davlat madhiyalari yangrab, oʻquvchilar yurt ramzlariga hurmat bajo keltirishdi. Soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, Vatan ona kabi muqaddas, uni asrash, taraqqiyotiga hissa qoʻshish barchamizning farzandlik burchimizdir.

Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Izzatbek Yusufov qayd etib oʻtganidek, Vatanga muhabbat va sadoqat bilan xizmat qilish, unga munosib farzand boʻlish oʻquvchilarning chuqur bilim olishi, namunali xulqli va odobli boʻlib, kasb-hunar egallashi orqali boʻladi.

Tadbirda maktabning 1-A sinf oʻquvchilari ijrosida yangragan Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ularning chinakam vatanparvar avlod ekanini amalda namoyish qildi.

Tadbirda ishtirok etgan oʻqituvchilar, yaʼni Malohat Matsapoyeva, Fazilat Ollaberganova, Qadamboy Ayboʻlsinov, Lobar Oʻrozmetova, Madina Rajabova, Ixlosbek Ahmedov kabi tajribali pedagoglar oʻquvchilarga ilm sirlarini puxta egallash orqali Vatanga munosib farzand boʻlishga chaqirdilar.

Aytish joizki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish jarayonida ularni milliy qadriyatlarga, boy tariximiz va madaniy merosimizga hurmat ruhida, Vatanga sadoqatli, yurtga muhabbatli qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Taʼlim muassasalarida bu maqsadlarga erishish uchun turli pedagogik usullar, jumladan, maktab dasturlariga milliy bayramlar, anʼanalar va qahramonlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, oʻquvchilarni turli ijtimoiy loyihalar hamda tadbirlarga faol jalb qilish tavsiya qilinadi.

Maktab va oila hamkorligida bolalarga vatanparvarlik tuygʻusini singdirish, ularning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi oʻrnini anglashlariga yordam beradi. Bundan tashqari, folklor, milliy musiqa va sanʼat orqali bolalarning estetik hissiyotlarini rivojlantirish, ularda milliy iftixor va oʻzlikni anglash jarayonini jadallashtiradi.

“Ona yurtimizni madh qilamiz” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham oʻquvchilarning Vatanga boʻlgan muhabbatini oshirishga va ularni kelajakda jamiyatning faol aʼzolari boʻlishga ruhlantirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Bunday tarbiyaviy ishlarning samarasi kelgusida oʻquvchilarning komil inson boʻlib, el-yurt manfaati yoʻlida fidokorona xizmat qilishlarida, jamiyatning faol va masʼuliyatli aʼzolari boʻlib yetishishlarida oʻz samarasini berishi shubhasiz.

Tadbirda yakunida ota-onalar nomidan Gulnora Shomuratova va Oysha Oʻrazboyevalar, shuningdek 1-A sinf rahbari Bahrom Jiyanov soʻzga chiqib, oʻqituvchilarga, oʻquvchilarga va barcha tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026