9-fevral - buyuk bobokalonimiz Alişer Navoiy tavallud topgan kun
"Hayrat ul abror”
dostonida sabr talqini
Buyuk mutafakkir şoir, olim, musiqaçi, rassom va davlat arbobi, özbek adabiy tilining asosçisi Alişer Navoiy nazm va nasrda şunday bebaho asarlar yaratdiki, ustozi Abdurahmon Jomiy taʼriflaganidek "Turkiy tilda heç kim Navoiydek köp va xöp şeʼr aytmagan hamda nazm gavharlarini soçmagan edi”. Şu örinda Yurtboşimiz I. Karimovning: "Agar bu uluğ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, şoir desak, şoirlarning sultonidir”, - degan fikrlari asoslidir. Zero, buyuk mutafakkirning bemisl ilmiy-ijodiy merosining har bir namunasida ifoda qilingan fikrlari bugungi kunda ham özining yuksak qiymatini yöqotmagan.
Mutafakkirning "Hayrat ul abror” dostoni ibratli fikrlarga boyligi, mazmun-mohiyati jihatidan qimmatliligi bilan ahamiyatlidir. Zero, unda bitilgan 20 ta maqolatda kötarilgan masalalar barça zamonlar uçun ham xosdir. Masalan, dostonning dastlabki maqolati - "Iymon şarhida” deb nomlanadi. Barçamizga maʼlumki, iymon hamma zamonlarda ham maʼnaviyatning ajralmas bir bölagidir. Navoiy iymonli insonga xos sifatlarni yozar ekan, köpçilik tomonidan javob topilmay kelayotgan bir savolga, yaʼni "Qanday insonni jamiyki ezgu hislatlarga ega inson deyişimiz mumkin?” - degan savolga javobni maqolatning 10-baytida keltirib ötadi:
Bas ani inson atağil beriyo,
Kim işidir sabr ila şukru hayo.
Yaʼni, sen şunday odamni töğri, riyosiz deb bilgin, qaçonki u sabr bilan şukru hayo bilan iş körsa. Darhaqiqat, insonning hayot deb atalmiş maskanida atrofidagilari tomonidan töğri, halol, asl inson, deya tan olinişi eng murakkab va muşkul işdir. Bu nomga sazovor böliş uçun şoir nazdida insonlarda eng avvalo sabr bölişi lozim.
Alişer Navoiy tomonidan yuksak ardoqlangan Abu Lays Samarqandiy insonlarning yaxşi darajaga yetişişi haqida: "Bilgilki, banda yaxşilarning darajasiga aziyatlar va maşaqqatlarga sabr qiliş bilan erişadi”, - deydi. Bu masalada ustoz-şogird munosabatlaridagi hamfikrlikni köriş mumkin.
Navoiy asarlarini öqir ekanmiz, unda bir-biriga zid bölgan obrazlarga duç kelamiz. "Hayrat ul abror”ning 25-bobida ham biri sabrli bölgan, ikkinçisi sabrsiz va şoşqaloq bölgan ikki hamroh hikoyati keltiriladi. Şoir hikoyatida hamrohlar yölda bir toşga duç kelişadi. Toşning orqa tarafida bir yozuv bölib, unda xazina haqida gapirilgandi. Turli maşaqqatlarga doş bergan odam xazinaga ega bölar ekan. Bu maşaqqatlardan yiroq yurişni istagan kişi uçun eng yaxşi narsa - sabr qiliş ekanligi haqida quyidagi bayt keltiriladi;
Har kişi bu ranjidin ölsa yiroq,
Sabru qanoat boridin yaxşiroq.
Hikoyatda sabrli inson hamrohining boylik hirsida toşning tagini qazişga tuşib ketganligini körib, beparvo ötib ketadi va bir şaharga borib qoladi. U yerda darvozadan birinçi kirgan kişi uşbu mamlakatda podşoh bölişi belgilangan edi.
Boyagi sabrli inson uşbu mamlakatda şoh bölibdi. Sabrsiz, şoşqaloq inson esa oçközligi bois, köp ter tökib: "Kim behuda xomtama bölsa, u dunyoda doim azobda”, - degan yozuvgagina erişib, taʼmagirlikda xor-zor bölibdi:
Oni qanoat qilibon şahriyor,
Muni taʼma ranji qilib xor-zor.
Navoiy bu hikoyat orqali sabr insonni har qanday vaziyatda töğri yölga boşlaşini dalillaydi.
Navoiy asarining alohida bir bobida sabr timsoli bölmiş Ayyub payğambar haqida hikoya qiladi. Bob söngida lirik çekiniş sifatida yozilgan ikki-uç baytli soqiynoma şoirning sabrga bölgan munosabati va uning şaxsiyatidagi kuçli iroda sohibi ekanligini körsatadi:
Bot bölu bir jom ila yetuk futuh,
Sabr esa Ayyubça, yöq umri Nux.
Uşbu bayt tasavvufiy mazmunga ega. Şoir umrim Nux umriça bölmasa ham, sabrda Ayyubça borman, deydi. Ayyub payğambar tasavvufda sabr timsolidir.
Şunga alohida eʼtibor qaratiş kerakki, hazrat Navoiy sabrni iymonning ajralmas bir qismi, uning asosi deb talqin qilib qolmay, butun umr şoir öz hayotini sabr-qanoat tadarruklari ila ziynatlab yaşagan sohir insondir.
Muxtasar qilib aytganda, Navoiy ijodi bir ummondirki, uning ummonidan bir qatra suv içgan inson uşbu ijoddan bemisl ilhom, beqiyos maʼnaviy ozuqa olgandek böladi, göyo.
Uning ijod namunalarini teranroq örgansak, bugungi kunimiz uçun ham ibratli bölgan, şaxs maʼnaviyati yuksalişiga, insonlarni ruhan poklanişga xizmat qiluvçi olam-olam maʼnolarni öqişimiz mumkin. Şu sababli ham ğazal mulkining sultoni, özbek tilining asosçisi bölgan Alişer Navoiy ijodining har bir baytini yoşlarga töğri tahlil va talqin qilib, töğri tuşuntiriş har bir öqituvçidan öz ustida tinmay işlaşni, izlanişni talab qiladi.
Iroda YaXŞIMURODOVA,
Komila XUDOYBERGANOVA,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi öqituvçilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶