SPORT BILAN SOĞLOM HAYoT SARI!
Tuman hokimligi, jismoniy tarbiya va sport bölimi, mudofaaga kömaklaşuvçi “Vtanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi, tuman Tibbiyot birlaşmasi, tuman madaniyat bölimi, davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi, Amudaryo televideniyesi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi, tuman içki işlar bölimi, tuman xotin-qizlar qömitasining 2019-yil 12-iyundagi Qöşma qaroriga asosan Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşiga qaraşli taşkilotlarda işlovçi xodimlarni, kasaba uyuşma aʼzolarini madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlariga keng jalb qiliş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ayniqsa ayol-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga ommaviy ravişda jalb qiliş, bu borada tarğibot va taşviqot işlarini amalga oşiriş, şuningdek mazkur taşkilotlarda sportning voleybol, şaxmat, şaşka, merganlik böyiça sport turlarini yanada rivojlantiriş hamda musobaqaning tuman birinçiligi bosqiçlarini yuqori saviyada ötkaziş maqsadida 2019-yil 16-iyun kuni Nukus davlat pedagogika instituti qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida keng miqyosli sport musobaqalari bölib ötdi.
Qizğin va döstona bellaşuvlar asosida ötgan musobaqalarda voleybol sporti böyiça erkaklar örtasida 1-örinni tuman hokimligi mehnat jamoasi, 2-örinni Qipçoq hududi jamoasi, 3-örinni “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi jamoasi egalladi.
Ayollar örtasida bölib ötgan voleybol sporti musobaqalarida 1-örinni Xitoy hududi jamoasi, 2-örinni Manğit şahri hududi jamoasi, 3-örinni esa tuman hokimligi jamoasi egalladilar.
Erkaklar örtasida ötkazilgan şaxmat musobaqasida “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi xodimi Ismail Ibragimov 1-örinni, tuman hokimligi xodimi Akbar Xöjamuradov 2-örinni, davlat soliq inspektsiyasi xodimi Ikrom Xöjamuratov 3-örinni egallaşdi.
Ayollar örtasida ötkazilgan şaxmat musobaqasida esa “Oila markazi” mutaxassisi Xusnida Abdurahmanova 1-örinni, Yuqori qişloq MFY xotin-qizlar masalalari böyiça mutaxassisi Dildora Kenjayeva 2-örinni, Xitoy OFY xotin-qizlar masalalari böyiça mutaxassisi Roza Polvonova 3-örinni egalladilar.
Erkaklar örtasidagi şaşka sporti musobaqalarida Davlat soliq inspektsiyasi xodimi Ikrom Xöjamuratov 1-örinni, tuman hokimligi xodimi Akbar Xöjamuratov 2-örinni, “Mahalla” jamoat fondi tuman bölimi xodimi Hidoyat Sultonov 3-örinni egalladilar.
Ayollar örtasida bölib ötgan şaşka sporti musobaqalarida “Oila markazi” rahbari Gulşod Yusupova 1-örin, Qipçoq OFY xotin-qizlar masalalari böyiça mutaxassisi Zulfiya Matyoqubova 2-örin, Gulzor MFY mutaxassisi Dildora Mirzaliyeva 3-örin sohibalari bölişdi.
Öq otiş – merganlik böyiça musobaqalarda “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi xodimi Baxtiyor Saidov 1-örinni, şu taşkilot xodimi Zafar Sabirov 2-örinni, Davlat soliq inspektsiyasi xodimi Ravşanbek Arikov 3-örinni egallaşdi.

Darte ayollar musobaqasida esa tuman hokimligi mutaxassisi Gulzoda Eşimbetova 1-örinni, “Oila markazi” rahbari Gulşod Yusupova 2-örinni, tuman hokimligi mutaxassisi Gavxar Çimbayçiyeva 3-örinni egalladilar.
Musobaqa qatnaşçilarining barçasi taşkilotçilar tomonidan diplomlar, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
M.XALILLAYeVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶