KEKSALIKNI SOĞLOM KUTIB OLIŞ MUMKIN
Keksalik – bu hayotimizning tabiiy bir holatidir.
Hayotga muhabbat, yaşaşga taşnalik hissi odamzod qalbidan bir umr öçmaydi.
Tabiat qonuni şundayki, oylar, yillar ötişi bilan odam baloğat, kamolot davrlaridan ötib, keksalik pallasiga qadam taşlaydi.
Keksalikka zaiflaşgan yoki kuçdan qolgan davr deb qaramaslik kerak. Soğlik bilan boğliq böladigan muammolar asosan soğlom turmuş tarziga amal qilmaslikdan kelib çiqadi.
Qarilikda salomatlikni asraş uçun bir qança omillarga asoslaniş lozim: yaʼni, soğlom ovqatlaniş, meʼyoriy jismoniy faollik, faol turmuş tarzini keçiriş kerak. Qariyalar uçun man qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari yöq, lekin baʼzilari foydaliroq bölganligi uçun köproq tavsiya etiladi, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari turli-tuman bölişi lozim. Bunda bir vaqtda ovqatlanişga odatlaniş, uzoq vaqt davomida oç qolmaslik, yoğli, öta şör va aççiq ovqatlarni çeklaş zarur.
Buğda va qaynatib pişirilgan taomlarni, meva va sabzavotlarni köproq isteʼmol qiliş tavsiya qilinadi.
Juda issiq va juda sovuq taomlarni aslo isteʼmol qilmaslik va köproq harakatda bölib, toza havoda sayr qiliş, qarilikda yaxşi jismoniy holatda böliş, uzoq vaqtgaça soğlom va faol yaşaşga yordam beradi.
Kitob öqiş, krossvordlar yeçiş, şaxmat öynaş, ijod qiliş aqlning çarxlanişiga, xotira mustahkamlanişiga, diqqat-eʼtiborning jamlanişiga olib keladi.
Keksalarning qarindoş-uruğlar, yor-birodarlar bilan tez-tez körişib turişi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat qiliş va dam olişni töğri taşkil qiliş, 7-8 soatlik uyqu hayot faoliyatining bir maromda davom etişiga yordam beradi.
Tamaki va nos çekiş, spirtli içimliklar içiş yurak-qon tomir, nafas oliş va ovqat hazm qiliş tizimi aʼzolari kasalliklari kelib çiqiş xavfini oşiradi.
Kasalliklarning oldini oliş maqsadida, keksalar doimiy ravişda şifokor nazoratida bölişlari, boş aylanişi, boş va muşaklarda oğriq sezilsa, iştahasi pasaysa, uyqusizlik kuzatilsa, quloqda şovqin, kökrak qafasi va qorin sohada oğriq paydo bölsa va boşqa holsizliklar kuzatilsa, tezda şifokorga murojaat qiliş lozim.
Profilaktik maqsadda şifokor körigidan ötib turiş tavsiya etiladi.
J.YaVQAŞEV, tuman Tibbiyot birlaşmasi Salomatlik bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶