MAQSADIMIZ TUMANIMIZ DEHQONLARIGA MEʼYoRDAGI SUVNI YeTKAZIB BERIShDIR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan Mangʻit-Nazarxon irrigatsiya tizimi boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 11-iyuldagi 23-sonli buyrugʻi bilan Amudaryo tumani Irrigatsiya boʻlimi sifatida qayta tashkil etildi.
Tumanimiz iqtisodiyotida agrar soha muhim oʻrin tutadi. Qishloq xoʻjalik ekinlarining oʻz vaqtida meʼyordagi suv bilan taʼminlanishi esa moʻl hosil garovi. Shundan kelib chiqib, tumandagi suv isteʼmolchilari Upradik tizimining Gurlan, Qilichboy, Qipchoq-Basu vetkalari va daryoda joylashgan nasos stantsiyalari orqali suv bilan taʼminlanadi.
Suv bilan taʼminlash, suvdan foydalanishni nazorat qilish Amudaryoning chap qirgʻogʻida Shixjamol, Qilichboy, Tosh yop, Mangʻit, Qipchoq boʻlimlari, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Nazarxon boʻlimi tomonidan amalga oshirilmoqda.
hisobida 296 km.dan ziyod uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar, 271 ta gidrotexnik inshoot, 135 ta gidropost, 316 ta suv chiqarish nuqtalari, 6 ta ekskavator, 3 ta buldozer, 6 ta yer qazish kemasi (zemsnaryad) mavjud.
Boʻlimimiz tumanimizning 39597 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini suv bilan taʼminlashga xizmat koʻrsatadi.
Tumanimizda ichki xoʻjalik kanallari uzunligi 1342 km. boʻlib, ularda 517 dona gidrotexnik inshoot, 510 dona gidropost, 1095 dona fermerlarning bosh suv olish quloqlari mavjud boʻlib, ularning faoliyati doimiy nazoratimizda.
yil vegetatsiya davrida 39463 gektar fizik maydonda sugʻorish ishlari rejalashtirildi. Buning uchun vegetatsiya davriga tuman chegarasida 544 mln. m3 suv ajratilib, shu kungacha 125 mln. m3 suv yetkazib berildi. Natijada tuman boʻyicha 44895 gektar yerda sugʻorish ishlari amalga oshirildi. Buning 11208 gektari bugʻdoyzor, 15962 gektari tomorqa, 17725 gektari boshqa ekinlar hisoblanadi. yil hosili uchun tuman boʻyicha 3350 gektar maydondagi kuzgi bugʻdoyzorlar 6-marta sugʻorildi.
Suv yoʻllarini vaqtida tozalab turish – suv isrofgarchiligining oldini olishga, meʼyordagi suvning oʻz vaqtida yetkazib berilishiga xizmat qiladi. Shuni inobatga olib, 2019-yilning shu kunigacha 29 km.dan ziyod uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallarda tozalash ishlari olib borildi.
Xoʻjaliklararo kanallardagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash rejasi joriy yil uchun 12 dona boʻlib, shu kungacha 5 dona gidrotexnik inshoot, 3 dona gidropost taʼmirlandi.
Ichki xoʻjalik kanallarida 300 km. shundan 90 km. uzunlikda mexanizm yordamida, 210 km. uzunlikda qoʻl kuchi bilan tozalash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, amalda shu kungacha 173 km.dan ziyod uzunlikda, shundan 54 km.dan ziyod uzunlikda mexanizm yordamida, 118 km.dan ziyod uzunlikda qoʻl kuchi bilan tozalash ishlari olib borildi.
Ichki xoʻjalik kanallaridagi 40 dona gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash rejasi belgilangan edi, amalda 20 dona gidrotexnik inshoot, 46 dona gidropostlar taʼmirlandi. Fermerlarning 45 dona suv olish quloqlari jihozlandi.
Tozalash ishlariga xoʻjaliklararo kanallarda 2 ta ekskavator, 2 ta zemsnaryad, ichki xoʻjalik kanallarida tozalash ishlariga 3 ta ekskavator, 51 nafar odam jalb qilindi. Maqsadimiz tumanimiz dehqonlarining ekin maydonlariga oʻz vaqtida meʼyordagi suvni yetkazib berishdir.
X.QALANDAROV,
tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi.
Suratda: (chapdan) suvchi Kenjaboy Allaniyozov, fermer xoʻjalik ish yurituvchisi
Bahrom Allambergenovlar gʻoʻza nihollarini sugʻorish jarayonida.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶