"Çoyköl" suvni çuçuklaştiriş stantsiyasining faoliyati örganildi
Aholini toza va sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaş – ijtimoiy farovonlikning asosiy mezoni hamda xalq salomatligini saqlaşning eng muhim omilidir. Statistik maʼlumotlarga köra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpoğiston Respublikasida jami 2 million 29 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Şundan 1 million 505 mingdan ortiği, yaʼni aholining 74,2 foizi markazlaşgan içimlik suvi tarmoqlari orqali toza suv bilan taʼminlangan. Şuningdek, hududda oqova suv xizmati bilan qamrab oliş darajasi 5,4 foizni taşkil etadi. Bugungi kunda respublika böyiça içimlik suv tarmoqlarining umumiy uzunligi 7 961 kilometrni, oqova suv tarmoqlarining uzunligi esa 223,2 kilometrni taşkil qilib, bu ulkan infratuzilma tunu kun aholi xizmatida.
Qoraqalpoğiston aholisini markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlaş tizimi asosan uçta yirik suv tozalaş inşooti hamda mahalliy suv manbalariga asoslangan. Birinçi va eng yirik manba – bu sutkasiga 140 ming kub metr suv tozalaş quvvatiga ega bölgan "Tuyamöyin" suv tozalaş inşootidir. Uşbu strategik obʼekt Amudaryoning öng qirğoğida joylaşgan tumanlarga hamda Nukus şahriga umumiy uzunligi 356 kilometr bölgan magistral suv quvurlari orqali içimlik suvi yetkazib beradi.
Ikkinçi yirik manba esa "Taxiatoş" suv tozalaş inşootidir. Sutkalik quvvati 60 ming kub metr bölgan uşbu inşoot Amudaryoning çap qirğoğidagi tumanlar aholisiga jami uzunligi 197,6 km bölgan quvurlar orqali suv uzatadi.
Uçinçisi esa bevosita poytaxt aholisi uçun möljallangan "Nukus" suv tozalaş inşootidir. Markaziy tarmoqlar yetib bormagan çekka hududlar, şahar va tuman markazlaridan olisdagi qişloq aholi punktlariga esa oçiq suv havzalari va yer osti suvi manbalaridan foydalanuvçi 308 ta lokal suv inşootlari xizmat körsatadi.
Amudaryo tumanining "Çoyköl" ovulida joylaşgan "Çoyköl" suvni çuçuklaştiriş stantsiyasi ana şunday aholi uçun hayotiy muhim obʼektlardan biridir. 2019-yilda davlat dasturi asosida qurilgan mazkur inşoot yer ostidan olinadigan şör suvni zamonaviy texnologiyalar yordamida tozalaşga ixtisoslaşgan bölib, soatiga 1 kub metr suv tozalaş quvvatiga ega. Uşbu ixçam stantsiya ovuldagi 80 ta xonadonni toza içimlik suvi bilan taʼminlab kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy inspektsiyasi masʼul xodimlari mazkur stantsiyada bölib, nazorat tadbirlarini ötkazdilar. Inspektsiyaning Içimlik suvdan oqilona foydalaniş va sotişni muvofiqlaştiriş hamda oqova suv xizmatlaridan foydalaniş bölimi mutaxassislari nafaqat suvning vaqtida berilişini, balki texnik jarayonlarning barça bosqiçlarini çuqur tahlil qildilar.
Örganiş davomida mutaxassislar tomonidan yer osti suvlari tarkibidagi tuz va zararli moddalarni uşlab qoluvçi maxsus membranalarning yaroqlilik muddati, ularning öz vaqtida yuvilişi va almaştirilişi jarayonlari tekşirildi. Mutaxassislar isteʼmolçilarga yetkazib berilayotgan suv namunalarining kimyoviy va bakteriologik tahlil natijalari qayd etilgan jurnallarni ham örganib, suv sifatining davlat standartlariga muvofiqligini ham örgandilar.
Inspektsiya tomonidan olib borilayotgan bunday örganişlar çekka hududlardagi aholining ham sifatli suv isteʼmol qiliş huquqini kafolatlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶