IQTISODIYoTGA XORIJIY SARMOYaLARNI JALB QILIŞ-DOLZARB MASALA
Maʼlumki, mamlakatda töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etiş uçun eng qulay investitsiya muhitini şakllantiriş maqsadida iqtisodiyotni liberallaştiriş, davlat boşqaruvini isloh qiliş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga aralaşuvni çeklaş, litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini qisqartiriş, soddalaştiriş, tovarlardan erkin foydalanişni taʼminlaş va hududlarda zarur infratuzilmani yaratiş borasida ham tizimli işlar yölga qöyilmoqda.
Bu borada Prezidentimizning 2019-yil 17-yanvardagi Farmoni bilan «2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi» tasdiqlandi. Uşbu davlat dasturi iqtisodiyotni rivojlantiriş va investitsiyalarni faol jalb etiş sohasida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, soğlom raqobat uçun zarur şaroitlarni yaratiş, işbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş, iqtisodiyotda davlat iştirokini jiddiy ravişda kamaytiriş, yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini saqlab qoliş, «xufyona» iqtisodiyotga qarşi kuraşiş va uning uluşini keskin qisqartiriş, valyuta siyosatini erkinlaştirişni davom ettirişga qaratilganligi bilan ham ğoyatda muhimdir.
Undan taşqari, Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajariş maqsadida Prezidentimizning «Respublika iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror bilan endilikda kimyo va neft-gaz sanoati, maşinasozlik sohasidagi xöjalik yurituvçi subʼektlar, bank-suğurta taşkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aktsiyalar paketlarini sotiş, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş uçun tayyor investitsiya takliflarini işlab çiqiş, investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kompaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalaniş, davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş böyiça ustuvor yönalişlarni taşkil etiş nazarda tutilmoqda.
Qaror bilan investorlarga, şu jumladan xorijiy investorlarga ham sotiş uçun taklif qilinadigan xöjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aktsiyalar paketlarining hamda belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlarining röyxatlari tasdiqlandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça mazkur qaror bilan tasdiqlangan mahalliy va xorijiy investorlarga sotiş uçun taklif qilinadigan xöjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aktsiyalar paketlarining röyxatida «Qönğirot soda zavodi» MÇJ, belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlarining röyxatida esa, «Turon Xojeyli» AJ va «Yoğgar Beruniy» AJlari belgilab berilganligini alohida qayd etib ötiş örinlidir.
Aytiş mumkinki, mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar Respublika iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş faoliyati samaradorligini oşiradi. Şu bilan birga xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati töğrisida xabardor qiliş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va özlaştiriş sohasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlaştirişni yaxşilaşga xizmat qiladi.
Elmurod Tursunov, Qoraqalpoğiston Respublikasi adliya vaziri örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶