IPAK QURTLARI PARVARIŞI AVJIDA
Joriy yilda tumanimizda ipak qurti boqiş mavsumiga puxta hozirlik körildi. Mavjud tutzorlar kengaytirilib, öz vaqtida agrotexnik işlov berilgani bois, barg yetişmovçiligi bilan boğliq muammo bölmadi. Şu bois, qurtxonalarda 175,2 tonnalik Amudaryo pilla xirmonini bunyod etiş yölidagi işlarning sönggi bosqiçi boşlandi.
Ayni kunlarda tumanimizdagi fermer xöjaliklari hamda kasanaçilarga 16 ta ipak qurti uruğini jonlantiriş inkubatoriyalari orqali tarqatilgan 3168 quti ipak qurti zooveterinariya qoidalari asosida parvariş qilinmoqda.
Barça qurtxonalarda parvariş qilinayotgan ipak qurtlari beşinçi yoşda bölib, pilla öraş uçun dasta qöyişga tayyor.
Xolimbeg ovulidagi kasanaçi pillakor Bayram Örozmetov xonadonida 19 gramm ipak qurti parvariş qilinmoqda.
Suratda: (Çapdan) pillaçilik böyiça hosilot Sardorbek Abdrimov va Xolimbeg ovulidagi pillakor Xosiyat Yöldoşevalar pilla öraş yoşidagi ipak qurtlarini közdan keçirişmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶