QÖŞIQLARI BILAN BARHAYoT HOFIZ
Şunday qöşiqlar böladiki, katta-yu kiçik birday sevib tinglaydi, sözi ham, soza ham bir-biriga hamohangligi va muzmuni bilan yuraklardan joy oladi, har safar qayta eşitgan odam xuddi yangi qöşiq tinglayotgandan
ruhi-joni orom oladi, köngli tozaradi.
47-yilgina umri davomida asrlar davomida suyub tinglagulik köngilga yaqin, betakror qöşiqlar yaratib, muxlislari qalbidan çu-qur joy olgan, “Qoraqalpo-ğistonda xizmat körsatgan artist” unvoni sohibi, “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli asosçisi, betakror xonanda Nazir Rahimov yaratib ijro etgan qöşiqlarining har biriga ana şunday taʼrif beriş ham kamlik qiladi.
Şu yilning 6-mayida tuman Madaniyat bölimi taşabbusi bilan Nazir Rahimov xoti-rasiga bağişlab, “Ustozni eslab” deb nomlangan keça ötkazildi.
Tadbirga tumanimizning sanʼat ixlosmandlari, sanʼatkorning şogirdlari, qarindoş-uruğlari iştirok etdilar.

Tadbirga taşrif buyurgan-lar avvalo Nazir Rahimov hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvçi rasm körgazmasi bilan tanişdilar, ijro et-gan “Kiyik” qissasi yangradi.
Xotira keçasini ustoz sanʼatkorning şogirdi “Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist” mehnat faxriysi Gulmurza Nurmatov kiriş sözi bilan oçdi va Nazir Rahimovning hayoti va sanʼatkorlik faoliyati bilan taniştirdi. Keçada ustoz ijro etgan qöşiqlar bugungi yoş sanʼatkorlar tomonidan ijro etildi, xo-tirasiga hurmat-ehtirom körsatildi.
Sohirnafas qöşiqçi öz maʼnaviy merosi tufayli hamişa barhayot.
(Öz muxbirimizdan).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶