Sport
👁 730
Amudaryolik dzyu-dochi Osiyo-Okeaniya chempionati sovrindori boʻldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boʻlib oʻtayotgan dzyu-do boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, hamyurtimiz, Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sobiq oʻquvchisi Sharofiddin Boltaboyev 22-aprel kuni 81 kilogramm vazn toifasida chempionatning kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, BAAda oʻtkazilayotgan dzyudo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionati Tokio-2020 Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini ham taqdim qiladi.
Biz amudaryolik kuchli dzyu-dochi Sharofiddin Boltaboyevni erishgan yuksak gʻalabasi bilan tabriklaymiz.
Manba: kruz.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶