Sport
👁 606
VELOSPORT MUSOBAQASIDA 40 NAFARDAN ZIYoD XOTIN-QIZLAR IShTIROK ETDI

Shu yilning 9-aprelida 8-13-aprel oraligʻida oʻtkazilayotgan xotin-qizlar sport haftaligi rejasiga muvofiq Mangʻit shahri va shahar atrofi hududidagi ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlar orasida velosport boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqaga 40 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi va gʻoliblik uchun kurashdi.
Natijalarga koʻra, birinchi oʻrinni Toshyop ovulidan Nodira Ibragimova, ikkinchi oʻrinni shu ovuldan Asaloy Toʻliboyeva, uchinchi oʻrinni Farovon mahallasidan Shukurjon Yarimbetovalar egalladilar.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi. Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar sport bilan muntazam shugʻullanishga daʼvat qilindi, jismoniy mashqlarning inson hayotidagi ahamiyati targʻib etildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶