Tomorqa yerlari nega ekilmayapti?
Bahor fasli kirib kelişi bilan yurtdoşlarimiz tomorqasiga ekin ekiş tadorigini köra boşlaşadi. Zero, tomorqa – daromad manbaidir. Buni yaxşi anglab yetgan Manğit şahridagi Farovon mahallasidagi köpçilik oilalar ayni kunlarda tomorqasida mehnat qilişmoqda. Fuqarolar yiğini xodimlari ham uyma-uy yurib, bu borada tarğibot işlarini amalga oşirmoqdalar.
Mahallaning “Kimyogarlar”, “Navbahor” va “Vatanparvar” köçalarida uyma-uy yurib, aholining tomorqa yerlaridan qanday foydalanişayotganini örganganimizda biz fuqarolarda tomorqa yerlariga bölgan eʼtiborning tobora kuçayib borayotganini his qildik. Deyarli barça xonadonlarda tomorqa yerlari suğorilgan, tekislanib, ekişga şay qilib qöyilgan.
Ammo, guruç kurmaksiz bölmaganidek, tomorqa yeriga umuman eʼtibor berilmagan xonadonlarga ham duç keldik.
Masalan, mahalladagi 5 ta xonadonda tomorqa yerlarini ekişga tayyorlaş böyiça biron bir iş qilinmaganini körib hayron böldik. Ular bilan yonma-yon yaşayotgan qöşnilari tomorqasida oilasiga yetgulik oziq-ovqat yetiştirayotgan bölsa-yu, xuddi şu şaroit va imkoniyatlari bor bölgan bu tomorqalar öz holiga taşlab qöyilsa, buni qanday tuşuniş mumkin? Fuqarolar yiğini xodimlari bunday ahvolga xonadon egalarining hali köçib kelmaganini yoki ularning mahallaga yaqinda qöşilganini bahona qilib körsatişdi.
Aksinça, bunday hollarda yiğin xodimlari ularni oqlaş örniga, bu masalani mahalla faollari yiğilişida muhokama qilib, bu holat bir neça marta takrorlansa, tomorqani boşqa bir mahalladoşiga berişi kerak emasmi?
Biz yurtdoşlarimizdan tomorqa yerlarini öz holiga taşlab qöymasliklarini, fuqarolar yiğinlaridan esa bu borada faol tarğibotçi bölişlarini sörardik.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶