FUQAROLARNING ÖZINI-ÖZI BOŞQARIŞ TIZIMI: jamoatçilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyati
Har tong örnimizdan turib eşigimizni oçsak, közimiz qöşnilarimizga tuşadi. Ular bilan salomlaşib, omonlik söraşib, könglimiz xotirjam böladi. Çunki qöşnilarimiz tinç bölsa, qöşnilarimizdan, yaqinlarimizdan tarkib topgan mahallamiz tinç bölsa, özimiz ham tinç bölamiz. Demak, har birimizning turmuşimiz özimiz yaşayotgan mahalla bilan çambarças boğliq.
Aholining tinç-totuv yaşaşiga erişişda, soğlom farzandlarning dunyoga kelişi va şiddatli zamonamizga mos intellektual salohiyatli, ona yurtiga fidoyi bölib ulğayişida, oilalardagi baʼzi bir muammolarning ijobiy hal etilişida mahallalarning örni beqiyosdir. Xalqimizning turmuşi sifatini yanada yaxşilaş maqsadida mahalla, ovul fuqarolar yiğinlari faoliyati tubdan yangilanib, özini-özi boşqariş sohasida takomillaştirilgan tizimlar joriy etilmoqda.
Mahalla, ovul fuqarolar yiğinlari faoliyatiga tatbiq etilgan jamoatçilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyat tizimi ham şular jumlasidandir.
Yaqinda Manğit şahridagi Beruniy mahallasida mazkur tizimga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.
Körgazmali seminarga tuman hokimi birinçi örinbosari F.Saʼdullayev, tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi R.Rözmetov, tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Halimov, Manğit şahridagi mahallalar oqsoqollari, diniy maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari, posbonlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.
Iştirokçilar dastlab mahallada taşkil etilgan "Maslahat markazi” va "Orasta qizlar davrasi” faoliyatidan hikoya qiluvçi körgazmalar bilan tanişdilar.
Körgazmali seminarda tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedovaning yangi tizim xususidagi taqdimoti tinglandi. Mazkur tizimda mahalla, ovul fuqarolar yiğinlarida beşta sektor - "Oilaga kiriş sektori”, "Jinoyatçilik profilaktikasi sektori”, "Bandlik sektori”, "Salomatlik sektori”, "Taʼlim va tarbiya sektori” belgilangan reja asosida faoliyat yuritadi. Bu sektorlarga hududdagi davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari va xodimlari yetakçilik qiladilar va hamkorlikda iş olib boradilar. Har bir sektor öz tuzilişiga, vazifalariga egadir. Masalan, "Salomatlik sektori” aʼzolari soğlom turmuş tarzini şakllantirişda mahallada hafta kunlarini taqsimlaş sxemasini işlab çiqib, boşqa sektorlar bilan hamkorlikda iş olib boradi. Mazkur sxemaga muvofiq haftaning duşanbasi nuroniylar kuni, deya belgilangan bölib, sektor aʼzolari bu kuni hududdagi keksa va nuroniylardan xabar olişib, kasalliklar profilaktikasi, dori-darmonlardan oqilona foydalaniş va xonadonning saranjom-sarişta, ozodaligida keksalarning yöl-yöriqlari xususida suhbatlaşadi. Seşanba - homiladorlar kunida hududdagi homilador ayollar bilan homiladorlik davridagi zarur qoidalar, bexatar onalik kabi mavzularda suhbatlar uyuştiradi va muammolari bölsa, hamkorlikda çoralar köradi. Çorşanba – bolalar va ösmirlar kuni munosabati bilan hududdagi bolalar va öspirinlar bilan şaxsiy gigiyena, zararli odatlardan saqlaniş, erta va qarindoşlar örtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari xususida suhbatlar ötkazadi. Payşanba esa xonadon va ekologiya masalalariga bağişlanadi. Juma - ayollar va qizlar kuni deb belgilanganligi munosabati bilan oilada sanitariya holatining yaxşilanişida bekalarning roli, qizlarni mustaqil hayotga va oilaga tayyorlaş, soğlom turmuş tarzi afzalliklari xususida suhbatlar ötkaziş belgilangan. Şanba – öquv muassasalari kunida esa mahalladagi öquv muassasalariga taşrif buyurib, öquvçilarda gigiyenik salomatlikni şakllantiriş, sport bilan döstlaşişning foydasi, içiş-çekiş kabi zararli odatlardan saqlaniş kabi mavzularda suhbatlar ötkazadi.
Mahallada taşkil etilgan beşta sektor rahbarlarining öz faoliyatlari taqdimotidan söng joriy etilgan tizim xususida fikr almaşuvlar, taklif-mulohazalar bildirildi. Tuman hokimi birinçi örinbosari F.Saʼdullayev, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi R.Rözmetovlar mahalla, ovul fuqarolar yiğinlari faoliyatiga joriy etilgan tizim afzalliklari va uni amalga oşirişdagi vazifalarga keng töxtaldilar.
Körgazmali seminarda muhokama etilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.
O.RAJABOVA,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶