Osoyiştaligimiz - işonçli qöllarda
Hammamizga maʼlumki, bugungi kunda hayotimizning har bir jabhasida özgarişlar, yangilanişlar yuz bermoqda. Buni har bir mahalla, har bir xonadon timsolida ham köriş mumkin. Hayotimiz tinç, turmuşimiz farovon, dasturxonimiz tökin. Şahar va qişloqlarimizdagi bunyodkorlik işlarini körib közingiz quvonadi. Aslida bularning bari yurtimizdagi tinçlik, osoyiştalik tufaylidir.
Tinçlik, osoyiştalik, xotirjamlik! Bu sözlar zamirida juda katta maʼno mujassam. Mening bobom Jumamurod Rajabov uruş faxriysi edi. Biz kiçik paytlarimizda u doimo bir sözni köp takrorlardi: "Mening bolaligim oçarçilik yillariga, yigitlik davrim II jahon uruşi davriga, örta yoşim uruşdan keyingi qiyin kunlarga töğri keldi. Men keksa yoşimda bölsa ham bunday baxtli, tökin-soçin zamonni kördim şunisiga ham şukur. Tinçlikning, hozirgi farovon kunlarning qadriga yeting, bolalarim!”
Men bobomning mana şu gaplarining qançalik haqiqat ekanini endilikda yurakdan his qilayapman. Bobom orzu qilgan dorilamon zamonda yaşayotganimdan baxtiyorman.
Biz yoş avlod yurtimiz tinçligi, osoyiştaligini asraş-avaylaş muqaddas burçimiz ekanini yaxşi bilamiz. Ayniqsa, harbiylarimiz, bugungi kunda armiya safida öz yigitlik burçini ado etayotgan yurtdoşlarimiz zimmasida juda katta masʼuliyat bor. Ular bizning osoyiştaligimizni tunu kun turli tahdidlardan himoya qilmoqdalar. Bizning mahalladoşlarimiz orasida ham ana şunday mardu maydon yigitlarimiz bor. Ular bugungi kunda armiya safida özlarining yigitlik burçini ado etmoqdalar. Dilşodbek Rözmetov, Zokir Sobirovlar işlar jumlasidandir. Bizlar ular bilan har qança faxrlansak arziydi.
Fursatdan foydalanib, vatanimiz sarhadlarida xizmat qilayotgan harbiylarimizni bugungi bayramlari bilan tabriklayman. Ularning vatan ravnaqi, osoyiştaligi yölida qilayotgan xizmatlarida omad tilayman.
Farrux Işniyazov,
"Yangiobod” MFY "Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶