Sogʻlom bola yili yangiliklari
Shoʻr yuvish qizgʻin
Qipchoq ovulidagi fermer xoʻjaliklari 2013-yilni barcha sohalar boʻyicha muvaffaqiyatli yakunladilar. Ayni kunlarda hosildan boʻshagan, sifatli shudgor qilingan dalalarda shoʻr yuvish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. 1136 gektar yer bir marta sifatli sugʻorilgan boʻlsa, 600 gektardan ziyod maydon ikkinchi marta sugʻorildi.
Ijodkorlar uchrashuvi
Yaqinda Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan faxriy jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov tashabbusi bilan tumanimizda yashab, ijod qilayotgan sheʼriyat ixlosmandlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ijodkorlar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqidilar, fikrlashdilar. Uchrashuv havaskor-ijodkorlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Bilimlar bellashuvi
7-yanvar kuni tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari orasida fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Olimpiadada 76 ta maktabdan, hudud bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 256 nafar oʻquvchi qatnashdi. 8-9-yanvar kunlari esa 5-8-sinflar oʻrtasida "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda oldingi bosqichda gʻolib boʻlgan 511 nafar oʻquvchi ishtirok etib, bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
(Foto - fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶