TOMORQA YeRLARI DAROMAD MANBAIGA AYLANTIRILMOQDA
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimizning tomorqani rivojlantirişga, provardida esa aholi farovonligini, ularning dasturxonlari tökinligini taʼminlaşga qaratayotgan eʼtibori barça yurtdoşlarimizda yaxşi kayfiyat uyğotmoqda. Natijada tumanimiz ovul va mahallalarida istiqomat qilayotgan kişilarda öz yerlariga mehr uyğonib, undan oqilona foydalaniş hissi paydo bölayapti.

Bobur nomli ovulda istiqomat qilayotgan Nizomiddin Qöşimbetov tomorqadan unumli foydalaniş böyiça hamqişloqlariga namuna bölayotgan dehqonlardan biri hisoblanadi. U ayni kunda öz tomorqasi hududida 3,5 sotix yerda issiqxona taşkil etib, unda 65 tup limon, 14 tup anorni parvariş qilayotir. Şuningdek, uşbu issiqxonada karam va gul köçatlari, sabzi, qulupnay va bodring ham yetiştirilmoqda.


-Biz neça yillardan buyon qişloqda yaşasak ham öz tirikçiligimiz va farovon turmuşimizga omil böladigan tomorqa yerlarimizdan oqilona foydalanişni bilmas ekanmiz, - deydi Nizomiddin Qöşimbetov. – Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbuslari bilan bugun hammamiz ilgari böş yotgan yerlarimizga mehr va eʼtibor bera boşladik. Endi biz tomorqamizni daromad manbaiga aylantirişga ham harakat qilayapmiz.
Haqiqatan ham bugungi kunda barça fuqarolar nafaqat özlarining rizq-rözlarini yaratişda, balki katta daromad topişda ham omil böladigan tomorqa yerlariga eʼtiborlarini kuçaytirişmoqda.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶