Vatan himoyasi – muqaddas burç
Boş Qomusimizda: "Özbekiston Respublikasini himoya qiliş – Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga majburdirlar”, deb belgilab qöyilgan.
Ha, darhaqiqat, Vatanni himoya qiliş har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burçidir. Şu aziz ona tuproqni ne-ne ajdodlarimiz köz-qoraçiğidek asrab-avaylaşgan. Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi kabi bobokalonlarimiz vatan tinçligi, ozodligi, hurligi yölida hatto öz boşini tikkanlar. Buyuk bobolarimizning izdoşlari bölgan jasur yigitlarimiz ham mustaqil Özbekistonimizni köksini qalqon qilib, himoya qilmoqdalar. Ayni kunlarda yurtimiz böylab 14-yanvar - Vatan himoyaçilari kuni nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan, baʼzi yurtdoşlarimizni suhbatga çorladik.
Komiljon Omonov, tibbiy körik komissiyasi aʼzosi, katta şifokor:
- Tuman mudofaa işlari bölimidagi çaqiruvçilarni tibbiy körikdan ötkaziş böyiça komissiya yil davomida iş olib boradi. 2013-yil 2 sentyabrdan, şu kungaça, navbatdagi 2014-yildagi çaqiruvga tayyorgarlik köriş maqsadida jami 1314 nafar çaqiriluvçilar tibbiy körikdan ötkazildi. Şundan 851 nafar çaqiriluvçilar harbiy xizmatga yaroqli, deb topildi. 131 nafar yigit muddatli harbiy xizmatga, qolganlari safarbarlik çaqiruv rezervidagi xizmatga tayyorlandi. Uşbu raqamlar bu yilgi körsatkiç, xolos. Men har gal yigitlarimizni tibbiy körikdan ötkazar ekanman, deyarli har bir yigitning közlari vatanni himoya qiliş istagi bilan yonib turganini köraman. Bundan mening köksim toğdek kötarilib, nihoyatda faxrlanaman.
Negaki, jasur, mağrur, alpqomat yigitlarimiz bor ekan, yurtimiz tinçligiga heç kim raxna sola olmaydi!
Umidjon Örinboyev, tuman mudofaa işlari bölimining çaqiruv bölinmasi boşliği:
- Tuman mudofaa işlari bölimidagi çaqiruvçilarni tibbiy körikdan ötkazuvçi komissiya tomonidan çaqiriluvçilarning soğligi tekşirilgaç, ularni jismoniy tayyorgarlik sinovidan ötkazamiz. Ammo, bölğusi askar uçun jismoniy layoqatning özigina yetarli emas. Şu bois, yigitlarning intellektual salohiyatini va bilim darajasini aniqlovçi test ötkaziladi. Şundan sönggina yigitlar harbiy xizmatga jönatiladi. Jismonan, maʼnan, aqlan yetuk yigitlargina vatan himoyasi yölidagi bizning yuksak işonçimizdir!
Şarifboy Örozboyev, askar yigitning otasi:
- Mening öğlim Bahromjon, 2013-yilning fevral oyida Farğona viloyati, Marğilon şahriga harbiy xizmatga jönab ketdi. Onam uni közlarida yoş bilan kuzatib qoldi.
Mana soğlik bölsa, şu kunga ham bir yil tölay, deb turibdi. Öğlimizning xizmatdan qaytadigan payti ham yaqinlaşib qoldi.
Men öğil östirib, el xizmatiga qöşganimdan xursandman. Sababi, yurtimizning tinçligi, vatanimizning hurligi, könglimiz, uyimizning xotirjamligi askar öğlonlarimizning vatanimiz sarhadlarini kunni kun, tunni tun demasdan himoya qilganligidadir! Men askar yigitning otasi bölganimdan faxrlanaman.
Sirojiddin Tluboyev, talaba:
- Men 2012-yilning aprel oyidan 2013-yilning aprel oyiga qadar muddatli harbiy xizmatni ötadim. Harbiy xizmat davomida barça maşğulotlarga faol qatnaşdim. Bilim va könikmalarimizni sinaş maqsadida ötkazilgan test sinovida yuqori ball töplab, mudofaa Vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomani olişga muvaffaq böldim. Harbiy xizmatdan kelgaç, Qoraqalpoq Davlat Universitetining texnika fakultetiga hujjatlarimni topşirdim.
Xizmatda olgan tavsiyanomam tufayli menga oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişiga kirişda töplaş mumkin bölgan eng köp ballning 27 foizi miqdorida qöşimça ball şaklida imtiyoz berildi. Men yuqori ball töplab, talabalik baxtiga muşarraf böldim.
Oliygohga kirişimda, menga harbiy xizmatdagi dars jarayonlarida olgan bilimlarim yordam berdi. Buning uçun ustozlarimdan minnatdorman.
Men harbiy xizmatga borganimdan astoydil mamnunman. Nega desangiz, Vatanimizni himoya qilib, muqaddas burçimni bajardim. Dunyoqaraşim va bilimlarimni kengaytirib, şaxs sifatida yuksalganim esa, mening ulkan yutuğimdir!
Bahrom Şomurodov, talaba:
- Men 2009-2010-yillar oraliğida muddatli harbiy xizmatda bölganman. Xizmatni tugatgaç, Toşkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Nukus filialiga şartnoma asosida öqişga qabul qilindim. Bu yil bitiruvçi 4-bosqiç talabasiman. Fuqarolik burçimni bajarib, harbiy xizmatda bölganligim, darslarni yaxşi özlaştirayotganim uçun "Kamolot” YoIH menga şartnomamda belgilangan tölovning 35 foizini qopladi.
Davlatimiz va Prezidentimizning biz yoşlarga qaratayotgan eʼtibor va qilayotgan ğamxörliklaridan quvonçga tölmay böladimi?
Men şunday ozod, obod va hur vatanda yaşayotganimdan faxrlanaman! Oliygohni yakunlab, albatta, Vatanimiz ravnaqiga öz hissamni qöşaman!
Doniyor Yöldoşev, şartnoma böyiça xizmat qilayotgan askar:
- Bolaligimda televizor orqali harbiy libos kiygan yigitlarni körsam, havasim kelardi. Ulğaygaç, albatta men ham askar bölaman, deb orzu qilardim.
Mana, yillar ötib, askar böliş baxtiga ham erişdim.
2012-yilning 19-fevral kuni Qaşqadaryo viloyati Xonobod tumaniga muddatli harbiy xizmatga jönab ketdim. Xizmat paytimda jismoniy tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli ötdim. Şu bilan birga, intellektual salohiyatimni ham oşirdim. Qömondonlik menga harbiy xizmatda qolib, işlaşni taklif qilişdi.
2013-yil 19-fevral kuni harbiy xizmatdan uyga keldim. Şu yilning 23-fevral kuni şartnoma asosida - işlaş uçun harbiy xizmatga yana jönab ketdim.
Hozir armiya safida Vatanimga xizmat qilmoqdaman. Davlatimizning biz yoşlarga şunday imkoniyatlarni yaratib berganidan nihoyatda minnatdorman.
Men barça yurtdoşlarimizni 14-yanvar - Vatan himoyaçilari
kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman. Vatanimiz
tinçligi barqaror, istiqlolimiz abadiy bölsin!
(Foto - uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶