Yerlarning şörini yuviş – möl hosilga zamin yaratadi
Bahorgi ekiş mavsumi tobora yaqinlaşib kelayotgan şu kunlarda Amudaryo tumanida jami 21193 gektar ekin maydonlarining şörini yuviş işlari jadal surʼatlar bilan davom ettirilayapti.
Şör yuviş işlarini öz muddatida va sifatli ötkaziş maqsadida fermer xöjaliklariga suv xöjaligi taşkilotlaridan 280 nafar, suv isteʼmolçilari uyuşmalaridan 30 nafar masʼul xodimlar biriktirildi.
Ayni kunda şör yuviş işlarida 2118 nafar tajribali suvçilar faoliyat körsatişmoqda.
Şu kungaça tuman böyiça 13560 gektar maydonda birinçi, 2732 gektar maydonda ikkinçi şör yuviş işlari bajarildi. Şuningdek, 3350 gektar ğalla maydonining 165 gektarida bahorgi suğoriş işlari amalga oşirildi.
Tumanda suğoriş işlarini muvofiqlaştiriş, bu iş yuzasidan keçayu-kunduz monitoring yuritiş maqsadida tuman irrigatsiya bölimi binosida suv xöjaligi ştabi taşkil etildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶