Avtomobillarni yuviş şoxobçalarida profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda
Jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş, fuqarolarning şaxsiy hamda mulkiy xavfsizligini himoya qiliş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş bugungi kunda eng ustuvor vazifalaridan sanaladi. Ayniqsa, sönggi paytlarda avtotransport vositalari bilan boğliq köngilsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tizimli ravişda amalga oşirilmoqda. Joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust sanasiga qadar butun respublikamiz böylab ötkazilayotgan "Xavfsiz va soğlom yurt" oyligi doirasida bu kabi tadbirlar qamrovi yanada ortmoqda.
Mazkur oylik profilaktik tadbirlar doirasida Nukus şahrida ham içki işlar organlari xodimlari tomonidan aholi örtasida, xususan, haydovçilar va xizmat körsatiş sohasi vakillari bilan muntazam ravişda tuşuntiriş hamda tarğibot işlari olib borilmoqda. Jumladan, Nukus şahrida joylaşgan avtotransport vositalarini yuviş şoxobçalarida ötkazilayotgan uçraşuvlar buning yaqqol dalilidir.
Uşbu jarayonda masʼul xodimlar tomonidan avtotransport boşqaruvçilariga özlariga tegişli bölgan mulkni közdan qoçirmaslik, avtomobillarni qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslik yuzasidan qatʼiy tavsiyalar berilmoqda. Ayniqsa, transport vositalarining eşiklarini qulflamasdan, kalitlarini içida qoldirib ketiş holatlari turli köngilsizliklarga, jumladan, avtomobilni öğirlaş va olib qoçiş kabi oğir turdagi jinoyatlarga sabab bölişi mumkinligi kundalik hayotiy misollar yordamida tuşuntirib ötilmoqda. Bunday eʼtiborsizlik va beparvolik nafaqat mulkdorga juda katta miqdorda moddiy zarar yetkazadi, balki butun jamiyat xavfsizligiga ham jiddiy tahdid soladi. Şu sababli, har bir haydovçi öz transport vositasiga nisbatan huşyor va masʼuliyatli bölişi şartligi uqtirilmoqda.
Tadbirlar davomida faqatgina haydovçilar emas, balki avtomobillarni yuviş şoxobçalarining masʼul rahbarlari hamda u yerda mehnat qilayotgan işçi-xizmatçilar bilan ham alohida suhbatlar ötkazilib, ularga ham zarur tavsiyalar berilmoqda. Ularga öz kundalik iş faoliyatlari davomida atrofdagi har qanday şubhali holatlarga aslo befarq qaramasliklari böyiça zarur körsatmalar berilmoqda.
Xususan, xizmat körsatiş va tozalaş uçun olib kelingan transport vositalarini közdan keçiriş vaqtida ularda qon doğlari yoki boşqa turdagi yöl-transport hodisalari hamda turli avariya izlari, yaʼni şubhali va keskin şikastlanişlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda hududiy Içki işlar bölimlariga xabar beriş tizimi va uning tartib-qoidalari tuşuntirilmoqda. Çunki, bu kabi şubhali izlar va belgilar qandaydir oğir jinoyatning yoki jabrlanuvçini hodisa joyida yordamsiz taşlab ketiş bilan boğliq bölgan mudhiş avariyaning asosiy aşyoviy dalili bölişi mumkin. Avtomobillarni yuviş şoxobçalari xodimlarining vaqtida va tezkorlik bilan bergan xabari tufayli sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan foş etiş yoki jabrlangan fuqarolarga tezkorlik bilan tibbiy yordam körsatiş imkoniyati yaratiladi.
Nukus şahridagi avtomobillarni yuviş şoxobçalarida ötkazilgan tuşuntiriş işlari odamlarni yanada huşyorlikka çaqirişga va eng asosiysi, ehtimoliy jinoyatlar hamda baxtsiz hodisalarning oldini olişga qaratilgani bilan ğoyat ahamiyatlidir. Har bir mulkdor va fuqaro öz şaxsiy xavfsizligi hamda mulki uçun birinçi navbatda özi javobgar ekanligini unutmasligi, atrofdagilar esa şubhali holatlarda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etişi bugungi kun talabidir.
"Xavfsiz va soğlom yurt" oyligi doirasida amalga oşirilayotgan bu kabi tarğibot va profilaktik çora-tadbirlar har bir fuqaroning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaşga, ularning xavfsizligini kafolatlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶